Get Mystery Box with random crypto!

Sharqdan yangiliklar Mamlakatimizda ulugʻ ajdodlar nomini va | Korean studies (5 tashabbus)



Sharqdan yangiliklar

Mamlakatimizda ulugʻ ajdodlar nomini va ularning boy merosini avlodlarga yetkazish va shu orqali ulardan oʻrnak olish hissini uygʻotish maqsadida turli tadbir va loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu borada Adiblar xiyoboni yoʻnalishida olib borilayotgan ishlarni eslash kifoya.
13-yanvar kuni Adiblar hiyobonida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti jamoasining "Muhammadrizo Ogahiyni yod etib..." maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda Koreyashunoslik fakulteti talabalari oʻzlarining boy meʼrosi bilan adabiyot olamida oʻchmas iz qoldirgan atoqli adibning hayoti va ijod yoʻlini yoritib beruvchi kuy-qoʻshiqlar va turli chiqishlar bilan ishtirok etdilar. Tadbirda bir guruh ijodkor talabalar tomonidan Ogahiy qalamiga mansub sheʼrlar hamda bu sheʼrlarning turli tillarga tarjima qilingan namunalari taqdim etildi. Fakultetning ikkinchi bosqich talabasi Nargiza Utemuradova ijrosida kuylangan mumtoz taronalar tadbirning badiiy qismiga yanada fayz kiritdi.

@sharq_xabar