Get Mystery Box with random crypto!

​​ Nihoyat uzoq kutilgan qonun ma’qullandi Bugun Senat tomon | IQTIDORLI TALABALAR BO'LIMI

​​ Nihoyat uzoq kutilgan qonun ma’qullandi

Bugun Senat tomonidan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi. Unga ko‘ra,

Davlat fuqarolik xizmatchisi o‘zaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslarning aynan bitta davlat organi va tashkilotida birga xizmat qilishi mumkin emas.

Davlat xizmatchisining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmaydi.


Bundan tashqari, korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan lavozimlarni egallab turgan davlat fuqarolik xizmatchilari majburiy rotatsiya qilinadi.

Xizmat vakolatlarini boshqa shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg‘alar olish qat’iy taqiqlanadi.

Daromadlari hamda mol-mulki to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishi shart. Bundan tashqari, davlat xizmatchilari O‘zbekiston hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega bo‘lishga, chet elda ko‘chmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga haqli emas.

Davlat mulkidan faqat xizmat maqsadlarida foydalanishi shart.

Qonun Prezident tomonidan imzolangandan keyin uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation