Get Mystery Box with random crypto!

Iqlim o‘zgarmoqda! Biz bu o‘zgarishlarni har kuni, hayotimi | IQTIDORLI TALABALAR BO'LIMI

Iqlim o‘zgarmoqda!

Biz bu o‘zgarishlarni har kuni, hayotimizning barcha jabhalarida: issiqlik, chang, suv, elektr, gaz, transport, qurg‘oqchilik orqali his qilamiz.

Ertaga kech bo‘lmasdan, harakatni bugun boshlash lozim!

Aynan yoshlar, aholining eng faol qismi sifatida, iqlim o‘zgarishlari oqibatida yashash qiyin Bo‘lmasligi uchun bugun nima qilish zarurligini ochiq aytishlari kerak.

Sizni 2022-yil 24-iyun kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston yoshlar iqlim forumida yoshlar bilan suhbatga taklif qilamiz.

Taqdimot, nutq, ko‘rgazmali va har qanday shaklda bo‘lgan ishtirok etmoqchi bo'lgan mavzungizni 2022-yil 31-mayga qadar uzclimate@gmail.com manziliga yuboring.

G‘oliblar eng faol yoshlar uchun poytaxtda tashkil etiladigan tantanali kechada yoshlar bilan suhbatlashish va BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbariga o‘z fikrlarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi