Get Mystery Box with random crypto!

• TDYU ilk marotaba Times Higher Education Impact reytingining | TDYU • ТГЮУ • TSUL

TDYU ilk marotaba Times Higher Education Impact reytingining TOP-1000 ro‘yxatidan joy egalladi. 4 ta yo‘nalish bo‘yicha TOP-500 talikka kiritildi

Buyuk Britaniyaning eng nufuzli reyting tashkiloti Times Higher Education tomonidan BMT ning barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha tashkil qilingan Impact Ranking 2023 natijalari e’lon qilindi. Bu yil ushbu reytingda dunyo bo‘yicha 1700 dan ortiq oliy ta’lim muassasasi ishtirok etdi.

Ushbu reytingda Toshkent davlat yuridik universiteti 4 ta yo‘nalish bo‘yicha TOP-500 talikka kiritildi va quyidagi o‘rinlarni egalladi:
• SDG 5 — Gender tengligi bo‘yicha — 301-o‘rin;
• SDG 8 — Munosib ish o‘rin va iqtisodiy o‘sish — 301-o‘rin;
• SDG 16 — Tinchlik, adolat va kuchli institutlar — 301-o‘rin;
• SDG 4 — Ta’lim sifati bo‘yicha — 401-o‘rin;
• SDG 10 — Tengsizlikni qisqartirish — 601-o‘rin;
• SDG 17 — Maqsadlar bo‘yicha hamkorlik — 601-o‘rin.

Shuningdek, TDYU THE Impact 2023 umumiy reytingida 800-o‘rinni egallab, o‘tgan yilgidan 200 pog‘ona yuqoriladi.

Batafsil...

@tsulofficial #yutuq #reyting