Get Mystery Box with random crypto!

#bayram_tabrigi Hurmatli universitet xodimlari va talabalar! | TDTrU_online

#bayram_tabrigi

Hurmatli universitet xodimlari va talabalar!

Toshkent davlat trasnport universiteti jamoasi sizlarni xalqimizning eng ulug' va eng aziz bayrami - O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi.

Shunday qutlug' damda yurtimizga tinchlik, barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga farovonlik tilab qolamiz. Mustaqillik bizga o'ziga xosligimizni, or-nomus va g'ururimizni, milliy qadriyatlar, urf-odat va an'analarimiz bilan faxrlanish hissini qaytargan bayram sifatida badiy qoladi va jonajon Vatanimiz yilnomasiga oltin harflar bilan yoziladi.

Yana bir bor mustaqillik bayrami muborak bo'lsin! Har birimiz uchun qudrat manbaii, saodat maskani bo'lgan jonajon O'zbekistonimiz osmoni doimo musaffo bo'lsin.

Telegram | Facebook | Web-sayt | Instagram | YouTube