Get Mystery Box with random crypto!

#faxr #inovatsiya #intra_uz Joriy yilning 7-iyul kuni Innovats | TDTrU_online

#faxr
#inovatsiya #intra_uz
Joriy yilning 7-iyul kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 2021-yil oktabr oyida eʼlon qilingan “Boʻlajak olim” startap tanlovi 2-mavsum gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Gʻoliblarni Innovatsion rivojlanish vazirining 1-oʻrinbosari Shahlo Oʻtkurovna Turdikulova sertifikat bilan taqdirladi. Toshkent davlat transport universiteti "Innovatsion transport" ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari “Intermodal tashishlarda yuklarni kengaytirilgan nomenklaturada tashish muammosini innovatsion konteyner-platforma yaratish hamda yangicha texnik va texnologik yechim orqali hal etish” ilmiy loyihasi bilan ishtirok etib ushbu tanlovda gʻolib boʻldi va ilmiy loyiha 488 587 000 soʻm miqdoridagi summa bilan moliyashtirildi. Ushbu tanlovda qatnashish uchun 280 ta ariza kelib tushgan boʻlib, 4 bosqichli tekshiruv jarayonlaridan soʻng 23 ta loyiha gʻolib deb topilgan.

Telegram | Facebook | Web-sayt | Instagram | YouTube