Get Mystery Box with random crypto!

Eronning chekka qishlogʻidagi maktab oʻqituvchisi Ali Mohammad | TRIZ Pedagogika by IQROKIDS

Eronning chekka qishlogʻidagi maktab oʻqituvchisi Ali Mohammadian, bir oʻquvchisi kasallik sababli sochlari toʻkilgan sinfdoshini masxara qilganini koʻribdi. Oʻqituvchi kulgan bolalarga tanbeh berib, jazolash oʻrniga oʻz sochlarini oldirib, kasal oʻquvchisini qoʻllashga qaror qilibdi.

U “Oʻquvchim Mahan sochlaridan ayrilgach, doʻstlaridan uzoqlashdi va doim xomush yuradigan boʻlib qoldi. Darslarga ham qiziqishi kamaydi. Birgina istagim, unga yaqin boʻlib, darslarga eʼtiborini qaytarish edi” - deydi.

Bundan taʼsirlanib sinifidagi 23ta oʻquvchi ham, qish boʻlishiga qaramay xuddi ustozi kabi sochlarini oldiribdi...

Agar oʻqituvchi mehribon qalb sohibi boʻlsa, nurayotgan binolarni ham, soʻnayotgan qalblarni xam qutqara oladi!

IQROKIDS intellektni rivojlantirish markazi!

@trizpedagog_uz