Get Mystery Box with random crypto!

Tasavvur qiling! Farzandingiz ikki fan: matematika va ingliz | TRIZ Pedagogika by IQROKIDS

Tasavvur qiling!

Farzandingiz ikki fan: matematika va ingliz tilidan imtihon topshirdi. Toplash mumkin bo’lgan eng yuqori ball - 100.
Matematikadan 90, ingliz tilidan 45 ball to'plagan farzandingizni qaysi fandan qo’shimcha kursga berar edingiz?

Ko’p ota-onalar farzandi kuchsiz bo’lgan fanni yaxshilash kerak qaroriga kelishadi va shu fandan qo’shimcha darslarga beradi.

Aslida bu holatda mantiqli javob - matematika. Bola layoqati bo'lgan fanda yana ham usta bo'lishi va kelajakda shu sohada davom etishi natijaviyroq bo’ladi. Qiziqmagan darsiga vaqt sarflab o'tirish - bolaga zulm va vaqt yo'qotish bo’lishi mumkin.

Eynshteyn shu mavzuda bir fikri bor:
"Aslida har bir insonda iqtidor bor, faqat siz bir baliqni daraxtga tirmashib chiqa olmagani uchun ayblasangiz, u baliq butun umri davomida landovurligiga ishonib yuradi.”


Siz qanday fikrdasiz aziz ota-onalar?

IQROKIDS - intellektni rivojlantirish markazi!

@iqrokids