Get Mystery Box with random crypto!

​​​​O‘qituvchi o'quvchilarga quyidagi masalalarda yordam beris | TRIZ pedagogikasi | Rasmiy kanal

​​​​O‘qituvchi o'quvchilarga quyidagi masalalarda yordam berishi kerak:

O‘quvchining o‘ziga ishonmaslik tuyg‘usini yengishga yordam berish va masalani yecha olishga ishontirish.

O‘qituvchi o‘quvchiga qiyin masalani yecha olishga ishonishini bildirishi kerak. O‘qituvchi shunday topshiriq berishi kerakki, uning qiyinchilik darajasi o‘quvchining darajasiga mos kelishi kerak.

O‘quvchi o‘zini bemalol tutishini taʼmirlash.

O‘qituvchi o‘quvchining o‘quv topshirig‘iga yo‘naltirilgan harakatlarini hayajonsiz va bemalol olib borishga undash kerak. O‘quvchi masala yechimiga ochiq va bemalol yondashishini taʼminlashi kerak.

Individual ishlash tarziga yo‘l qo‘yish.

O‘quvchilarning o‘zlashtirish qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda, o‘qituvchi o‘quvchining o‘z yo‘liga va o‘zlashtirish tezligiga ega bo‘lishi uchun imkon yaratishi kerak. Tegishli topshiriqlar orqali xato qilish va ularni tuzatish imkoniyati ochib berilishi kerak.

O‘quvchi ikkilanganidan ishni barvaqt tashlashini oldini olish.

O‘qituvchi o‘quv jarayonidagi to‘siqlarni barvaqt aniqlashi va o‘quvchi bilan suhbatda bartaraf etishi kerak.O‘ziga uncha ishonmaydigan o‘quvchiga o‘quv jarayonidagi qiyinchiliklarni bartaraf etishda yordam berish kerak.

O‘quvchiga bir qadam oldinga siljishi uchun yordam berish.

O‘quv texnik yordamlari orqali topshiriqni yechishdagi dastlabki qiyinchiliklarni bartaraf etilishi kerak.O‘rganish kichik qadamlar orqali amalga oshishi uchun imkon yaratish kerak.