Get Mystery Box with random crypto!

Trinslon

Telegram kanalining logotibi trinslon — Trinslon T
Telegram kanalining logotibi trinslon — Trinslon
Kanal manzili: @trinslon
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 45
Kanalning ta’rifi

• Bobur Jumanazarov (Digital Creator/ Marketer)
• Marketing, Books, Insights
• O'rganadigan narsasi ko'p odam
📬 @trinslon_bot

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-07-29 18:12:22 Afsonaning reallikka ko'chishi

Azaldan turli uydirmalar va afsona, mallaha tilida aytganda g'iybat va mish-mishlar, zamonaviy tilda esa marketing deb atalmish voqelik ba'zan kutilmagan o'zgarishlarga sabab bo'ladi.

1950-yillarda Amerikaning WOR radiosining kechki dasturida boshlovchi o'z tinglovchilariga savol beradi:
Nima deysiz, ertaga ertalab barchamiz kitob do'konlariga borib, mavjud bo'lmagan bir asarni so'rasak?

Bu hazil ko'plarga ma'qul tushadi va reja tuziladi. Mavjud bo'lmagan asar va muallifi o'ylab topiladi. Kitobning nomi "I, Libertine", muallifi Frederick R.Ewing. 18-asr voqealari tilga olingan bu asar II jahon urushidan so'ng chop etilgan.
Radio eshittirish so'ngiga qadar mana shu asarni do'konlardan so'rashga kelishib olindi.

Ertasi kuni bir kitob do'koniga mijoz kelib, "I, Libertine" asarini so'raydi. Tabiiyki, sotuvchi bunday asar yo'qligini aytadi. Biroz vaqt o'tgach, yana bir xaridor kelib, aynan shu kitobni so'roqlaydi. Sotuvchi bu gal sherigiga murojaat qiladi. Do'konda bunday kitob yo'qligini aytishadi. Kun davomida bir qancha kitobxonlar Frederick R.Ewing asarini so'rab kelishgan, sotuvchilar boshqa do'konlar va nashriyotlardan kitobni izlashga tushadi. Ammo uni topa olishmaydi. Bu orada yuzlab odamlar kitob qidirib do'konlarga kiraveradi. Xattoki kitobxonlik kulublarida ham asar muhokamasi boshlanib ketadi. Ba'zilar asar yoqmaganini aytsa, ayrimlar unga yuksak baho berishadi (aslida esa hech kim bu asarni o'qimagan edi).

"New York Times"ning yakshanba sonida yangi nashrlar ruknida "I, Libertine" kitobi haqida ma'lumot beriladi. Bu orada o'qirmanlar orasida kitob haqidagi turli xabarlar paydo bo'ladi. Hattoki bir kitobxon muallif bilan Hindiston safarida uchrashgani, suhbat jarayonida yozuvchining ayoli bilan ham tanishib olganini iddao qiladi.

Hamma yerda kitob haqida fikrlar, ammo kitobdan darak yo'q. Bu vaqtga kelib, kitob ta'qiqqa uchragani, uni chop etish va sotishga ruxsat berilmagani haqidagi uydurma ham tarqaladi. Ammo tinib-tinchimagan mahalliy nashrning bir jurnalisti voqeaning asl sababini izlashga qattiq kirishadi. Va nihoyat, voqea WORning kechki dasturida o'ylab topilganini aniqlaydi.
Ammo bu orada nafaqat "New York Times", balki London, Madriddagi nufuzli nashrlar ham bu kitobni bestseller ro'yxatiga allaqachon kiritgan edi.

Haqiqat oydinlashgach, bir nashriyot xodimi WOR jurnalisti oldiga keladi va "I, Libertine"ni yozish taklifini beradi. Kitob tez orada tayyor bo'lib, sotuvga qo'yiladi. Shuncha muhokamalarga sabab bo'lgan bu asar chindan ham bestseller bo'ldi, biroq bu kitob o'z "yulduzli on"larini oddiy hazildan boshlagan edi.

Manba ; Gipatiya

@trinslon
97 viewsedited  15:12
Ochish/sharhlash
2022-07-19 11:13:55 Tishlangan olma(Apple) marketingi

Dunyo bo'ylab ko'plab mamlakatlar Apple mahsulotlaridan juda ko'p foydalaniladi.Apple kampaniyasi shubxasiz marketing bo'yicha yirik baliqlardan biridir. Aynan ,,Apple teacher'' loyihasi bu o'qituvchilar uchun yaratilgan dastur bo'lib , tekinga bilim va ko'nikmalarni oshirish yangi ta'lim dasturlarini o'rganish imkoni bo'lgan loyiha hisoblanadi. Buni Apple ning ajoyib marketing strategiyasi deyish mumkindir balki , darslar mobaynida o'qituvchilar Apple maxsulotlaridan foydalanishi tabiy hol. Agar o'qituvchilar apple mahsulotlaridan foydalanishsa bu tekin reklama hisoblanadi.

Tan olish kerak Apple mahsulotlari sifati va qulayliklari bo'yicha yetakchi. shuningdek bu obro' hamdir ko'chada yurganingizda qo'lingizda yaxshi va sifatli telefon yoki video olayotganingizda stol ustida orqasiga tishlangan olma surati tushirilgan mahsulot manzaraga yanada ko'rk beradi. Apple reklamaga muhtoj emas uni odamlarni o'zi reklama qiladi.

Manbalar; TheConversation , Wikipedia

@trinslon
117 viewsedited  08:13
Ochish/sharhlash