Get Mystery Box with random crypto!

Fizika bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori Abdus Salamning qizi | Trinslon

Fizika bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori Abdus Salamning qiziqarli hikoyasi

Pokistondagi olis bir qishloqda tug‘ilib o'sgan Abdus Salam o‘rta maktabni a’lo baholar bilan tugatib, nufuzli stipendiya yutib oladi. Keyin esa Angliyaning Kembrij universitetining fizika va matematika yo'nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi.

1951-yilda 25 yoshli Abdus Salam fizikadan bir qancha qiyin masalalarni yechish orqali Kembrijda yulduzga aylanadi va unda karyerasini xorijda davom ettirish uchun yaxshi imkoniyat paydo bo'ladi. Ammo Abdus Salam buning o'rniga, vatani - Pokistonga qaytib, mahalliy Panjob universitetida jahon darajasi xos, yetuk fizika fakultetini yaratishga qaror qiladi.

Keyin buyog'iga "o'zbekcha hikoya" boshlanadi. Universitet rektori (yo hasad qilibmi yoki ahmoqligidanmi) Abdus Salamni fizika fakultetida dekan qilish o'rniga... universitet futbol jamoasiga murabbiy qilib tayinlaydi (quyidagi rasm). "Yaratib berilayotgan bunday istiqbol"dan tushkunlikka tushgan va hafsalasi pir bo'lgan Abdus Salam Buyuk Britaniyaga qaytadi va u yerda fizik olimga darhol fakultet dekanligini taklif qilishadi. Natijada, u sohaga doir bir qator ajoyib ilmiy kashfiyotlar qiladi, fizika bo'yicha Nobel mukofotini oladi va yiliga minglab ingliz olimlarini yetishtiradigan dunyodagi eng yirik ilmiy markazga asos soladi.

Aslida Abdus Salam bunday markazni Pokistonda qurmoqchi edi. Lekin u ona yurtida shunchaki futbol murabbiyi etib tayinlangandi.

Bu hikoyadan xulosa shuki, kambag'al mamlakatlar muammosi umuman bilimda emas, balki bu aqlli boshlardan to'g'ri foydalana olmaslikdadir.

Manba ; Bored Panda