Get Mystery Box with random crypto!

Travelkhorezm

Telegram kanalining logotibi travelkhorezm — Travelkhorezm T
Telegram kanalining logotibi travelkhorezm — Travelkhorezm
Kanal manzili: @travelkhorezm
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 987
Kanalning ta’rifi

Xorazm viloyati Madaniyat va Turizm boshqarmasi rasmiy kanali
Turizm sohasidagi:
- So'nggi yangiliklar;
- Qonunchilikdagi o'zgarishlar
- Tadbirkorlar uchun imtiyozlar va boshqa sizni qiziqtirgan ma'lumotlar
- Foydali malumotlar

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-07-29 18:36:07
ТУРКИЯЛИК МЕҲМОНЛАР ХИВАДА

Маълумки, Туркия Ички ишлар вазири Сулаймон Сойлу бошчилигидаги делегация амалий ташриф билан мамлакатимизда бўлиб турибди. 28-июль куни туркиялик нуфузли меҳмонлар Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазири Пўлат Бобожонов ҳамроҳлигида Хоразм вилоятига, шунингдек , Хива шаҳрига ташриф буюришди. Мехмонларни кутиб олишда вилоят қўғирчоқ театри жамоасининг чиқишлари ва "Хон қабули" театрлаштирилган томошаси мехмонларда катта таассурот қолдирди.

@Xorazmkukol
@travelkhorezm
125 views15:36
Ochish/sharhlash
2022-07-28 14:41:44 Ўзбекистон “Wanderlust Readers Travel Awards” сўровномасида!
9-саволга кириб, Ўзбекистон учун овоз беринг.
_________
Узбекистан в опроснике «Wanderlust Readers Travel Awards!»
Перейдите к вопросу 9 и проголосуйте за Узбекистан.

https://wanderlustmagazine.typeform.com/to/mIVBFx2O
203 views11:41
Ochish/sharhlash
2022-07-28 11:03:08
XIVA TURIZM VA MADANIY MEROS TEXNIKUMINING ILK QALDIRG'OCHLARI

Bugun Xiva turizm va madaniy meros texnikumining bitiruvchilariga Xorazm viloyati turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig’i tomonidan diplom va faxriy yorliqlar topshirildi.

Bosh boshqarma boshlig'i Saidov Botir Ozodovich bitiruvchilarga kelgusidagi faoliyatlarida zafarlar tilab, o'zining tajriba va maslahatlari bilan bo'lishdilar.


Xorazm viloyati turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi mehnat jamoasi texnikum bitiruvchilarining bugungi muhim yutuqlari bilan chin dildan tabriklab, oq yo'l tilaydi!

@travelkhorezm
335 views08:03
Ochish/sharhlash
2022-07-28 09:37:54
#TURIZM
#REKTOR_MINBARI

«Xalq so‘zi» gazetasining 2022-yil 28-iyul kungi 161-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.

Unda Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayevning “Sayyohlik – iqtisodiyotning drayver sohasi” sarlavhasi ostida maqolasi nashr etildi.

Ushbu fayl gazeta tahririyati tomonidan taqdim etildi.

@urdu_pressa

@travelkhorezm
190 views06:37
Ochish/sharhlash
2022-07-28 05:28:42
XIZMATLAR SOHASINI RIVOJLANTIRISH - DOLZARB VAZIFA
197 viewsedited  02:28
Ochish/sharhlash
2022-07-28 05:25:25
Янгиликлар 24 | Туризм соҳасида Малайзия билан ҳамкорлик мустаҳкамланмоқда
#27july #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
187 views02:25
Ochish/sharhlash
2022-07-27 21:13:35
BOG'OTDA YANGI OILAVIY MEHMON UYI O'Z FAOLIYATINI BOSHLADI

Bugungi kunda viloyatimizga mahalliy va xorijiy sayyohlar salmog'ining ko'payganini inobatga olib, tashrif buyurayotgan turistlarning sayohatini samarali tashkil etish, qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Xorazm viloyatida xizmatlar sohasini rivojlantirish, ayniqsa, oilaviy mehmon uylari tashkil qilish borasida davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imtiyoz va preferensiyalar yuzasidan va targ'ibot ishlari doimiy amalga oshirilmoqda.

Tegishli qonun hujjatlarida Xorazm viloyatining qator shahar va tumanlari rivojlanib borayotgan turizm markazlari sifatida belgilangan bo'lib, ushbu hududlarda xizmatlar sohasini rivojlantirishga bir qator imtiyozlar hamda maxsus soliq rejimi joriy qilingan.

Viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi mutasaddi xodimlarining sa'y harakatlari natijasida hozirgi kunda yangi turizm markazlaridan biriga aylanib borayotgan Bog'ot tumanida yangi oilaviy mehmon uyi o'z faoliyatini boshladi.

@travelkhorezm
200 views18:13
Ochish/sharhlash