Get Mystery Box with random crypto!

“Real” — Erling Holand uchun kurashda asosiy favorit, “Man Sit | Tr

“Real” — Erling Holand uchun kurashda asosiy favorit, “Man Siti” birinchi raqamli raqobatchi.

Madridliklar 2022-yilning yozida Holandni ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ayni vaqtda “Real” norvegiyalik hujumchi uchun birinchi raqamli da’vogar bo‘lib turibdi, deya xabar qilmoqda ESPN.

Futbolchining o‘zi ham aynan “Real”ga o‘tishni maqsad qilgan. Bu yo‘lda “Qirollik klubi”ga faqat “Man Siti” raqib bo‘lishi mumkin.

Avvalroq “Real” Holandni 2022/23-yilgi mavsumda ham “Borussiya D”da qoldirgan holda, uni 2023-yilning yozida sotib olishga urinayotgani xabar qilingandi. Chunki 2022-yilning yozida Madrid jamoasi Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolaydi.

Biroq kuchli raqobat sabab Florentino Peres Erlingni shu yozdayoq o‘z klubiga olib kelmoqchi.

Avvalroq “Barselona” Holandni o‘z safiga qo‘shib olish va “Real”ga berib yubormaslik uchun bor imkoniyatni ishga solishi aytilgandi. Ammo katalonlarning moliyaviy imkoniyati bunga yo‘l qo‘ymaydi.

@Transferlar_uz