Get Mystery Box with random crypto!

Erling Holand 'Manchester Siti'ga transferi haqida: “Bu men | ⚽️ Futbol Transferlari ♻️

Erling Holand "Manchester Siti"ga transferi haqida:

“Bu men va oilam uchun o’zgacha bir kun. Men doim “Manchester Siti” ishtirokidagi o’yinlarni kuzatib kelganman, so’nggi yillarda esa ularning o’yinlari menga yanada yoqib kelmoqda. Siz ushbu jamoa o’yin uslubidan rohatlanmasligingiz mumkin emas, chunki bu chindan ham jozibador o’yin uslubi. “Manchester Siti” o’yinda ko’plab vaziyatlar yaratadi oladi. Bu men kabi futbolchilar uchun aynan mos keladi.

Jamoada top darajadagi futbolchilar ko’plab topiladi, Gvardiola esa, barcha davrlarning eng yaxshi murabbiylaridan biri. Shu sababdan ham, men o’z maqsadlarimga mos keladigan jamoani tanlay oldim deb o’ylayman. Ko’plab gollar urish, sovrinlar yutish hamda futbolchi sifatida yangi darajaga chiqishni istayman va ishonamanki bu maqsadlarimni aynan shu yerda amalga oshira olaman. Bu men uchun yaxshi tanlov bo’ldi deb o’ylayman. Mavsumoldi tayyorgarlikni sabrsizlik bilan kutmoqdaman.”

@TRANSFERLAR_UZ