Get Mystery Box with random crypto!

«Sevgi bayrami»ni nishonlayotgan biron musulmonga yordam berma | TOYYIBAAH

«Sevgi bayrami»ni nishonlayotgan biron musulmonga yordam bermaslik, aksincha undan qaytarish lozim, zotan musulmonlar kofirlar bayramini nishonlashlari inkor etilishi lozim bo‘lgan munkardir.

Shayxulislom aytganlar:
«Biz kofirlarga bayramlarida o‘zimizni o‘xshatmasligimiz zarur bo‘lgani kabi, biron musulmon ularga bayramlarida o‘zini o‘xshatmoqchi bo‘lsa unga yordam bermasligimiz, aksincha, uni bundan qaytarishimiz lozimdir. Kim kofirlar bayramida favquloda bir marosim qilib odamlarni chaqirsa, da’vatiga javob berilmaydi, qaysi musulmon kofirlar bayramlarida oddiy kunlardan boshqacha sovg‘a bersa, agar sovg‘asi kofirlarga o‘xshash uchun kerakli narsa bo‘lsa, sovg‘asi qabul qilinmaydi, musulmon kishi bayramda kofirlarga o‘xshashda foydalanadigan ovqat, kiyim va hokazolarni sotmaydi, chunki bu narsa munkarga yordam berishdir».
(Majmu’ al-fatava: 2/519-520).

Shayxulislom rohimahulloh bayon etib berganlariga binoan savdogar musulmonlar «sevgi bayrami»ga xos sovg‘alarni – xoh muayyan biron kiyim bo‘lsin, xoh qizil gul va hokazolar bo‘lsin — olib-sotishlari joiz emas, zero bunday sovg‘alarni olib kelib sotish Alloh va Payg‘ambar sollalohu alayhi va sallam rozi bo‘lmaydigan munkar ishlarga yordam berishdir.

Shuningdek, kimga bu bayramda sovg‘a berilsa qabul qilishi halol emas, chunki bu bayramda sovg‘ani qabul qilish bayramni tan olish demakdir.

(Yaqinlaringizga ham yuboring, va ularni bundan ogohlantiring!)