Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent viloyati statistika boshqarmasi

Telegram kanalining logotibi toshvilstatuz — Toshkent viloyati statistika boshqarmasi T
Telegram kanalining logotibi toshvilstatuz — Toshkent viloyati statistika boshqarmasi
Kanal manzili: @toshvilstatuz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 216

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 11

2023-04-01 09:39:45
Март ойида истеъмол секторидаги товарлар ва хизматлар ўртача 1 % га ошган

Статистика агентлиги маълумотларига кўра, 2023 йилнинг март ойида истеъмол секторидаги товарлар ва хизматлар ўртача 1 % га ошган.

Истеъмол секторидаги нархларнинг йиллик ўсиш даражаси 11,7 % га етди.

2023 йилнинг март ойида нархлар ва тарифлар ўсишида етакчи ўринларни озиқ-овқат маҳсулотлари эгаллаб, ой давомида уларнинг нархлари ўртача 1,6 фоизга ошган.

Шу даврда ноозиқ-овқат товарлари нархлари 0,7 % га ва аҳолига пуллик хизматлар кўрсатиш 0,4 фоизга ошгани кузатилган.

Каналларимизга аъзо бўлинг
|
Instagram| Facebook | Twitter | Telegram

Лотинда
55 viewsTOSHVIL.STAT Axborot xizmati, 06:39
Ochish/sharhlash
2023-04-01 09:39:17
Turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan chet el fuqarolarining yoshi boʻyicha taqsimlanishi

2023-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekistonga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan chet el fuqarolar soni jami 870,6 ming nafarni tashkil etgan.

Tashrif buyurgan chet el fuqarolarning yoshi boʻyicha taqsimlanishi:

0-18 yosh – 88,0 ming nafar

19-30 yosh – 149,5 ming nafar

31-55 yoshdagilar – 464,4 ming nafar

56 va undan katta yoshdagilar – 168,7 ming nafar.
36 viewsTOSHVIL.STAT Axborot xizmati, 06:39
Ochish/sharhlash
2023-04-01 09:34:02
1 порция паловнинг ўртача нархи қанча?

Статистика агентлиги томонидан ҳудудлардаги ош марказларида сотилаётган паловнинг ўртача нархлари (2023 йил март ойи учун):

1 порция ошнинг ўртача нархи:

Қорақалпоғистон Р. – 19 400 сўм

Андижон вилояти – 21 200 сўм

Бухоро вилояти – 22 600 сўм

Жиззах вилояти –23 000 сўм

Қашқадарё вилояти – 23 400 сўм

Навоий вилояти – 20 400 сўм

Наманган вилояти – 19 300 сўм

Самарқанд вилояти – 24 000 сўм

Сурхондарё вилояти – 23 400 сўм

Сирдарё вилояти – 22 600 сўм

Тошкент вилояти – 21 500 сўм

Фарғона вилояти – 19 000 сўм

Хоразм вилояти – 22 400 сўм

Тошкент шаҳри – 27 200 сўм
40 viewsTOSHVIL.STAT Axborot xizmati, 06:34
Ochish/sharhlash
2023-03-31 15:52:23
Korrupsiyaga qarshi kurashish - barchamizning burchimiz

Joriy yilning 31-mart kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish - barchamizning burchimiz” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda Toshkent viloyati statistika boshqarmasining rahbariyati,tarmoq va hududiy statistika bo‘lim xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda Toshkent viloyati statistika boshqarma boshlig`i Shuxrat Jamoldinov Maxamatqosimovich hozirgi kunda mamlakatimizda korrupsiya illatiga qarshi kurashish masalasiga alohida e’tibor qaratib kelinayotganligini, chunki poraxo‘rlik - hokimiyat va boshqaruv asoslarini yemiradigan, uning aholi oldidagi obro‘siga putur yetkazadigan, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlariga daxl qiladigan havfli jinoiy hodisalardan biri ekanligini, ma’lumki, korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazishini, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtirib,

Batafsil...

Facebook |Telegram
65 viewsTOSHVIL.STAT Axborot xizmati, 12:52
Ochish/sharhlash
2023-03-31 15:05:25
Toshkent viloyatining tadbirkorlik subyektlari soni 38,5 mingtaga yetdi

Faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 2023- yil 1- mart holatiga 38,5 mingtaga yetib, 2019- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 145,3 foizni tashkil etdi (12,0 mingta). Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi (umumiy sonidagi ulushi) quyidagicha bo‘ldi: eng past ulushi sanoat – 24,1 foiz, qurilish – 25,8 foiz, boshqa turlar– 40,0 foiz.

Rasmiy sahifalar

Facebook |Telegram
62 viewsTOSHVIL.STAT Axborot xizmati, edited  12:05
Ochish/sharhlash
2023-03-31 14:56:32
Birlashgan Arab Amirliklarining Federal raqobatbardoshlik va statistika markazi vakillari bilan onlayn uchrashuv oʻtkazildi

2023-yil 30-mart kuni “Yoʻl xaritasi”ning 20-bandini bajarish maqsadida AQShning Nyu-York shahrida boʻlib oʻtgan BMT Statistika komissiyasining 54-sessiyasida Statistika agentligi delegatsiyasining ishtiroki yakunlari boʻyicha oʻzaro aloqalar va aloqalarni oʻrnatish maqsadida onlayn uchrashuv oʻtkazildi.

Batafsil

Rasmiy sahifalar

| Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
54 viewsTOSHVIL.STAT Axborot xizmati, 11:56
Ochish/sharhlash
2023-03-31 13:48:04
Toshkent viloyatining aloqa va axborotlashtirish xizmatlari

2023-.yilning yanvar-fevral oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarning hajmi 157,0 mlrd. so‘mga yetdi. Jami aloqa va axborotlashtirish xizmatlarning o‘sish sur’ati 123,9 %ni tashkil etdi.

Shundan:

Telekommunikatsiya xizmatlari - 86,6 %
Kompyuterda dasturlashtirish bo'yicha xizmatlar - 4,1 %
Boshqa aloqa - 5,0 %
Axborot xizmatlari - 43 %

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining yuqori o‘sishi Zangiota tumani (15,9 %), Chirchiq shahar (14,5 %), Yangiyo‘l shahar (14,1 %) hamda Yuqori Chirchiq tumani (14,1 %)da qayd etildi. Ushbu xizmatlar hajmining nisbatan biroz o‘sishi Nurafshon shahrida kuzatildi – 0,9 %.

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining eng yuqori hajmini Bo‘stonliq tumani 15,6 mlrd. so‘mni va o‘sish sur’ati esa 112,2 %ni tashkil etdi

Rasmiy sahifalar

Facebook |Telegram
59 viewsTOSHVIL.STAT Axborot xizmati, edited  10:48
Ochish/sharhlash
2023-03-31 13:29:00
2023- yilning 1- mart holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibi, %da (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari)

Rasmiy sahifalar


Facebook |Telegram
54 viewsTOSHVIL.STAT Axborot xizmati, edited  10:29
Ochish/sharhlash
2023-03-31 13:25:50
Jami koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmida ijara xizmatlarining ulushi

Batafsil

Rasmiy sahifalar

| Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
51 viewsTOSHVIL.STAT Axborot xizmati, 10:25
Ochish/sharhlash
2023-03-31 13:09:19
Yangilanayotgan Konstitutsiyaga bagʻishlangan targʻibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 31- mart kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida Yangi Oʻzbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasiga bagʻishlangan targʻibot tadbiri oʻtkazildi. Unda Toshkent viloyati statistika boshqarmasining tarmoq va hududiy statistika bo‘lim xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirni Oʻzbekiston Respubdikasi Adliya vazirligining Yuridik taʼlim va sud ekspertiza boshqarmasidan Nuritdinov Jamshid Mamutxonovich va Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh.Jamoldinov ochib berib, bosh qomusimizga kiritilayotgan yangi normalar, jumladan, taʼlim tizimi, fuqarolarning uy-joyga boʻlgan huquqlari, xususiy mulkchilik shakllari boʻyicha belgilanayotgan oʻzgarishlar haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.

Batafsil...

Rasmiy sahifalar

Facebook |Telegram
68 viewsTOSHVIL.STAT Axborot xizmati, 10:09
Ochish/sharhlash