Get Mystery Box with random crypto!

Chirchiq shahrida uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari o‘tkazi | Toshkent viloyati statistika boshqarmasi

Chirchiq shahrida uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi

Joriy yilning 14- aprel kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinborasi X. Igamberdiyev hamda Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘lim mutahassisi M.Mamagiyozova “Yulduz” MFY 1 kichik nihoyasi 21 uy 22 xonadoniga borib, hozirda uy xo‘jaliklari kuzatuvlariga tushgan M.Abdiyeva xonadonida bo‘lib, xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdi va kuzatuvning maqsad vazifalari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berib o‘tdi. Kuzatuvlar zamonaviy planshet qurilmalari orqali bevosita so‘rovnoma tarzida o‘tkazildi.
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, Uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlar shakllantiriladi.