Get Mystery Box with random crypto!

#Kunmalikasi Assalomu alaykum Men hikoyalarimni qayda yozam | 𝐓𝐨𝐬𝐡𝐦𝐮𝐫𝐨𝐝𝐨𝐯𝐚

#Kunmalikasi
Assalomu alaykum
Men hikoyalarimni qayda yozaman? Albatta yo'lda!

Biz shunaqa urishqoq xotinlarmiz

- Ma ol qizim, pichin yeysanmi?
-Yo'q rahmat hola, bemalol. Men uyga borib ovqatlanaman
- Ol, ol ro'za ekansan, ermak qilib ketasan...

"Pichinboy"ni oldik. Siz ham bilasiz LG. Bolalikni ta'mi bor unda Hullas, shundaygina bolalikni yedik, essizgina . Yo'ldaman uyga qaytyapman, mashinada Termiz shahridagi "Yashil dunyo" bozorida savdo qiladigan kayvoni holalar. Iftorlik biram sevimli bo'ldi. Holalar juda gapdon, ochiqdil, xushchaqchaq ekan. Qo'yarda qo'ymay pechine bilan mehmon qilishdi.
- Nima, sen suvni ham ichi ham yeb ketasanmi?! Ol degandan keyin ol!

Bekat chekchisi kelib pul so'radi shafyordan. Qizigan gurung to'xtab, opalarni diqqati oshdi.
Shafyor:
- E bore, senga chek berib uyga nima oboraman, qoch aylanma...
Chekchi:
- E hazillasshdime, ertaga baribir ertalab pul to'laysizku chekka, shuni oldindan olay dedimda...

Shafyor bilan chekchini gapini eshitib turgan opalar.

- Jo'gimisan pil(pul) so'raysan, bermaydi. Odamam pil so'rab hazillashama, bi meni ulim yoxshi bola. Orzang'a olib ketyapti bizdi. Chek jo'q.

Bilsam begonalar ekan. Birinchi hayolimga keldi, nega bu opalar aralashib ketti. Amakini o'ziyam hal qiladiku. Keyin bilsam...

- O'tgan marta stoyankaga kelsak o'zi 4 ta moshin turibdi. Birovi ,mana shu ulim bizdi 10 000 g'a oboraman dedi. Insofsiz chekchi omaysiz odam, birinchi shaarliklar ketsin deb yotibdi ulimga.