Get Mystery Box with random crypto!

Agentligimizning ahil va shijoatli jamoasi bilan birgalikda ya | Toshkent shahridagi Prezident maktabi | Presidential School in Tashkent

Agentligimizning ahil va shijoatli jamoasi bilan birgalikda yana bir marrani bosib o‘tdik.

Sizlarni mashaqqatli haftalikning muvaffaqiyatli yakuni bilan chin dildan tabriklayman!

O’tgan hafta davomida qariyb 360 ming nafar talabgor Prezident, ijod va yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarimizning kirish imtihonlarida o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishdi.

Agentligimiz tizimidagi maktablar imtihonlari jarayonida mehnat qilgan fidoyi xodimlarimizning barchasiga va har biriga alohida minnatdorlik bildiraman.

Men doim ahil jamoamiz bilan faxrlanaman. Biz eng yaxshi jamoamiz! Bundan keyingi ishlarimizda ham hamisha yuzimiz yorug‘ bo‘lsin!

Shu bilan birga barchani hayit bayrami bilan tabriklayman va oilangizga xotirjamlik va baraka tilayman!