2024-05-14 11:31:49
Umumtaʼlim maktablarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari:
— 25-may kuni
soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi;
— maktab oʻquvchilari sonidan kelib chiqqan holda faqatgina
1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi;
— mahalla faollari, ota-onalar va
huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilingan holda tashkil etiladi;
— faxriy oʻqituvchilar, ota-onalar, mahalla faollari, oʻrnak boʻladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi;
— yil davomida namunali xulq va aʼlo baholarga oʻqib, eng yuqori reyting koʻrsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar ragʻbatlantiriladi;
— maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan oʻquvchilarning ota-onalariga
“Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Masʼuliyatli ota-ona”, “Aʼlochi oʻquvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” nominatsiyalari boʻyicha tashakkurnomalar beriladi.
TOSHKENT LIVE 24
27.9K views08:31