Get Mystery Box with random crypto!

Визитка

Telegram kanalining logotibi toshkentliklar_tashkent — Визитка В
Telegram kanalining logotibi toshkentliklar_tashkent — Визитка
Kanal manzili: @toshkentliklar_tashkent
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1
Kanalning ta’rifi

Ijtimoiy-siyosiy hayot, mahalliy yangiliklar. Eksklyuziv va tahliliy kontent.
Toshkentda yer tagida ilon qimirlasa ham bizga xabar bering:
👉 @sendtashkentbot
📲 Contact: @tashkent8

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-01-06 13:01:21
7-yanvar kuni Toshkentda yangi KFC Beruniy restoranining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tadi.

Tadbirga kelib, bayramona muhitdan maksimal darajada bahramand bo‘lishingiz mumkin. U yerda sizni qiziqarli shou-dastur kutmoqda.

Bundan tashqari, polkovnik Sanders hamrohligida, har bir mehmonga yoqimli sovg‘a — Coca-Cola Zero 0,5 l taqdim etiladi. Asosiy shou-dastur 16:00dan 20:00gacha bo'lib o'tadi.

Manzil: «Alpomish» muz saroyi.
Mo‘ljal: Ecobozor Beruniy majmuasi.
21.1K views10:01
Ochish/sharhlash
2023-01-06 12:57:05
Qozog'iston anomal sovuq paytidagi ahvol. 3-kun.

Eslatib o'tamiz, keyingi hafta O'zbekistonga ham mana shunday darajada sovuq massa kirib kelishi kutilyapti.

Toshkentliklar
20.8K viewsedited  09:57
Ochish/sharhlash
2023-01-06 12:26:54
Yangihayotda bugun obodonlashtirish ishlari olib borilgani natijasida mahalla ichki ko'chalari, uylar oldi tartibga keltirilmoqda.

Toshkentliklar
20.7K views09:26
Ochish/sharhlash
2023-01-06 12:21:17
Anomal sovuq tufayli ishni onlaynga o‘tkazish taklif qilindi!

Keyingi hafta, mamlakat bo‘ylab rekord –27 darajagacha sovuq bolishi kutilmoqda. Shu bois, «Yuksalish» harakati ish beruvchilarni ma'lum muddat o'z xodimlarini masofadan turib ishlash uchun ruxsat berishga chaqirdi.

Toshkentliklar
21.1K viewsedited  09:21
Ochish/sharhlash
2023-01-06 11:50:27
Rasman: Oʻqituvchilar qoʻshimcha taʼtilda ishlamaydi, lekin ish haqini kamaytirmasdan toʻliq oladi. Taʼlim muassasalari xodimlarining qishki taʼtil davridagi ish haqi toʻliq toʻlanadi.

Toshkentliklar
20.8K views08:50
Ochish/sharhlash
2023-01-06 11:35:06
Kambag'allar soni eng ko'p bo'lgan 5 ta davlat: Hindiston, Nigeriya, Kongo Demokratik Respublikasi, Efiopiya va Bangladesh.

Statistikaga ko'ra, dunyodagi kambag'allarning deyarli yarmi yuqoridagi davlatlarda yashar ekan.

Toshkentliklar
21.1K views08:35
Ochish/sharhlash
2023-01-06 10:24:05
Uzbekistan Airways talabalar uchun respublika bo’ylab amalga oshiriladigan ichki aviaqatnovlarga 50% chegirma muddatini 2023-yil 18-yanvarga qadar uzaytirdi.

2023-yil 10-yanvarga qadar chegirma asosida xarid qilingan aviachiptalarni 18-yanvargacha rejalashtirilgan aviaqatnovlarga bepul qayta bron qilishga ruxsat beriladi.

Toshkentliklar
21.1K views07:24
Ochish/sharhlash
2023-01-06 08:50:07
Toshkentda 47 yoshli erkak 6 yoshli qizchaga nisbatan zo‘ravonlik sodir etmoqchi bo‘lgani uchun 10 yil qamoq jazosini oldi

Bu haqda, Toshkent shahar sudi matbuot kotibi Sadoqat Allaberganova ma'lum qilmoqda. Oldinroq, ijtimoiy tarmoqlarda ushbu holatni yozib olgan videokamera tasviri tarqalgan edi.

Toshkentliklar
21.3K views05:50
Ochish/sharhlash
2023-01-06 08:22:51
O'tgan yili o'zbekistonliklarning eng ko'p qismi dam olish va sayohat uchun Turkiyani tanlagan.

Davlat statistika qoʻmitasi ma'lum qilishicha, 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida 619,1 ming nafar oʻzbekistonlik dam olish uchun xorijga chiqqan. Eng koʻp safar qilingan davlatlar Turkiya (220 ming kishi), BAA (99 ming kishi), Saudiya Arabistoni (55 ming kishi) hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

Toshkentliklar
8.7K views05:22
Ochish/sharhlash
2023-01-06 08:15:51
Yo'lovchi: «Amir Temur shoh ko‘chasida avtobuslar uchun mana shunday maxsus yo‘laklar chizib chiqilgandan keyin shaxsan men 40 daqiqada keladigan ishxonamga 15 daqiqada yetib kelyapman.

Yo‘llardagi tiqilinch o‘sha-o‘sha. Bitta tomoni avtobuslar uchun ancha qulay bo‘ldi. 4 polosada ham tiqilinch edi, 3 polosadayam tiqilinch o‘shanday. Ishoning, 10 ta polosa bo‘lsayam baribir tiqilinch kattarib boraveradi.

Shahar mashinalar uchun emas, odamlar uchun degan fikrni jamiyatga singdiraverish kerak...».

Toshkentliklar
10.7K views05:15
Ochish/sharhlash