Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent shahri Yakkasaroy texnoparki hududidagi ishlab chiqar | TOSHKENT YANGILIKLARI

Toshkent shahri Yakkasaroy texnoparki hududidagi ishlab chiqarish sexida yongin sodirbo‘layotgani xabar  Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildiQayd etilishicha1-sentabr kuni soat 16:26 da Qo‘shbegi dahasida Yakkasaroy texnoparki hududidagi ishlab chiqarish sexining tom va ichki qismida taxminan 1000 kvadrat metr maydonda yong‘in sodir bo‘lgan.
Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 16:31 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 17:29 da qurshab olingan va soat 18:07 da bartaraf etilgan. Voqea joyiga FVV rahbariyati, Toshkent shahri FVB va tuman FV bo‘limi rahbar xodimlari yetib borganYong‘inni bartaraf etishga 11 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 2 ta maxsus suv tashishga mo‘ljallangan (vodovoz) avtomobil, 1 ta qutqaruv otryadi ekipaji jalb etilgan. Yong‘in oqibatida fuqarolarning tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.