Get Mystery Box with random crypto!

Mansa Musa Insoniyat tarixidagi eng badavlat shaxs nomi 14-as | Topfaktlar_QiziqarliFakt_Buqiziq

Mansa Musa

Insoniyat tarixidagi eng badavlat shaxs nomi 14-asrda yashab o‘tgan Gʻarbiy Afrikadagi qadimiy Mali davlati hukmdori Muso I ga tegishlidir. U hukmronligi davrida Afrika iqtisodi gullab yashnagan, yevropa esa ocharchilik, kasallik va urushlar tufayli bir axvolga kelib qolgandi. Mali davlatini o'sha davrning Amerikasiga qiyoslasak bo'ladi. Ya'ni Mali dunyo iqtisodiy markazi edi. Mamlakatni boshqargan Mansa Musa tasavvur qilib bo'lmas darajada hisobsiz boyliklarni boshqargan. U islom diniga e'tiqod qilgan va har juma borgan shaharlarida yangi masjid qurdirgan. U Malining asosiy shaharlaridan biri Timbuktuda qadimiy Universitetni ochadi va u yerga barcha islom davlatlaridan o'quvchilar yog'ilib kela boshlaydi. Taqvodor musulmon bo‘lgan Mansa Muso Sahroyi Kabir va Misr orqali Makkaga ziyorat uchun otlanganidan so‘ng butun o‘rta asrlar markazlarida bu sayohat tafsilotlari ishtiyoq bilan muhokama qilina boshlanadi, Malining dong‘i chiqadi. Manbalarda Musoning 60,000 odam bilan safarga chiqqanini o‘qish mumkin. Bu karvon go‘yo sahroda harakatlanayotgan shaharni eslatar edi. Mazkur shahar istiqomatchilari, qulidan tortib amaldorigacha, tilla bilan ziynatlangan va Har bir tuya o‘z ustida o‘nlab kilogramm oltin bilan harakatlanar edi. U yo'lda uchragan shaharlarda masjidlar qurdiradi, oltinlar tarqatadi, behisob ehsonlar qiladi. U o'tgan har bir shaxar o'z iqtisodini Mansa qilgan ehsonlari tufayli tiklashga erishadi. Tarixchilar uning boyligini hisoblashni imkoni yo'q deydi. Ayrimlar esa u kamida yarim trillion dollarga teng boylikni boshqargan deydi. Mansa Musa davrida gullagan Mali 2 avlod o'tib, vorislarning taxt tolashishlari natijasida vayronaga aylanadi.


@qiziqarli_malumotlartg