Get Mystery Box with random crypto!

Nominatsiyalar natijasini e'lon qilamiz Demak: 2022-yil to | Laylo Sobir qizi

Nominatsiyalar natijasini e'lon qilamiz

Demak:

2022-yil topilmasi: Laylo Sobir qizi

Serdaromad kopirayter: Jamoliddin Zaynulobiddinov

Ko'p qirrali kopirayter: Hilola Mirzayeva

Mafiyaning sodiq a'zosi: Mohigul Jo'rayeva

Eng kreativ kopirayter: Gulruh Haydarova

Eng sermahsul kopirayter: Dilshoda Qambarova

Eng tezkor kopirayter: Gulafruz Ziyoyeva

Eng punktual kopirayter: Sarvinoz Qahhorova

Eng izlanuvchan kopirayter: Xurshida Hasan qizi



Shaxsiy xulosamga kelsak...

Har bir o'rganuvchi — alohida qadrli. Har birlarining jamoada ham, mafiyada ( ) ham o'z o'rinlari bor. Jumladan, shu nomni o'ylab topgan Nilufar Rustamovnani hamda mafiyaning sodiq a'zolari bo'lgan
— Me'roj Muhammadova
— Muxlisa Sobirova
— Gulzoda Qo'shoqova
— Munisa Azimova
— Saida Jalolova
— Madina Qurbonova
— Anora Temirova
— Xanifa Karimova
— Xurshida Hasan qizi
— Hilola Mirzayeva
— Laylo Sobir qizi
— Saodat Xasanova
— Soliha Ahmadaliyeva
— Shaydo Quvondiqova
— Maftuna Nazarova
— Raxshona Muzaffar qizi
— Muslimaxon Alimova
— Mehrigiyoh Bozorova
— Dilobar Samadovna
— Muhayyo Kurambayeva
— Rustamjon O'rinov
— Ma'ruf Hikmatullayevich
— Muhammad Karimov
— Sharifjonlarni alohida ta'kidlab o'tishim joiz.

Serdaromad kopirayter sifatida esa hammalarini birdek e'tirof etish lozim. Qiziqarli bo'lsin deb shunday nominatsiya kiritdik. Ammo o'ylab qarasak, har birlarining daromadlari Alloh bergan rizqcha ekan. Shunga qaramasdan, o'z-o'zini baholashda qolganlarga Jamoliddindan o'rnak olishni maslahat beraman.

O'qitganlarim ichida ko'p qirrali kopirayterlar bisyor. Masalan,
Hilola Mirzayeva va Saodat Xasanovani tarjimon sifatida
Dildora O'roqovani pedagog sifatida
Shahobiddin Ne'matovni SMM menejer sifatida
Nisobegim Ochilovani ham tarjimon, ham oliygoh o'qituvchisi sifatida
Xurshida Hasan qizini tahrir ustasi, xattot sifatida
Madina Qurbonovani tadbirkor, bloger sifatida
Durdona Jo'raboyevani til mutaxassisi sifatida
Rustamjon O'rinovni esa ehhe... malakali ustoz, televideniyening kerakli xodimlaridan biri, tahrir ustasi sifatida e'tirof etish lozim.

Kreativlik esa o'quvchilarning har birlarida o'ziga xos ko'rinishda shakllangan. Ayniqsa, Xanifa Karimova yozgan postlardan shaxsan zavq olaman. Bundan tashqari, hissiyotlarni ifodalashda Sobira Abdug'aniyevani alohida ta'kidlayman. Iroda Boboqulova badiiy so'zlardan chertib-chertib foydalanadi. Shohsanam Tursunboyeva esa kreativlikni nafaqat kopiraytingga, balki boshqa sohalarga ham tatbiq qiladi. Gulnoza Shodmonova yozgan postlarning aksariyati bir o'qiganda yodingizda qoladi.

Sermahsul kopirayter sifatida esa Laylo Sobir qizini bir ovozdan hamma e'tirof etishiga ishonaman. Uni ayrim o'rinlarda o'zim bilan teppa-teng ishlaydi, deb ham aytib o'tganman. Chindan ham. Ishlab charchamaydiganlarning biri men bo'lsam, ikkinchisi u. Dilshoda Qambarova ham kelasi yilda Laylo bilan tenglashib olsalar kerak. Kasbni o'rganganlaridan beri tinmaydilar. Tavakkaldan qo'rqmaydilar. Xato qilishdan cho'chimaydilar. Xosiyat Turdiyevnada ham aynan mana shu xislatlar bor. Dilafruz Akromova ham borgan sari hamkorlarini ko'paytirib, sohada muqim o'rnashib bormoqda. Xanifa Karimovani endi men aytmasam ham, hamma bilishiga aniq ishonaman!

Tezkor kopirayter sifatida takror bo'lmasin deb Layloni yozmayapman ( ). Ammo Nisobegim Ochilova hamda Saida Jalolovaning oz fursatda qiziqarli matn yozishlari tahsinga sazovor. Nisobegim, ayniqsa, tarjimada ham o'ta mohir. Anchadan beri hamkorlik qilamiz. Yana Mahliyo Adilxanova ham xuddi shunday. O'zbek va rus tillarida tushunarli postlar yozadi. Robiya Mustafoyeva, Nasiba Radjabova hamda Maftuna Abdullayeva ham tezkorlikda sira boshqalardan qolishmaydi.

Punktuallikda esa, yuqorida ta'kidlaganimdek, uzoq muddatli hamkorim Nisobegim Ochilova alohida tahsinga sazovor. Saodat Xasanovani ham bemalol bu ro'yxatga kirita olaman. Bundan tashqari, Sadoqat Tursunova bilan ishlaydiganlar ham punktualligiga tan berishsa kerak.