Get Mystery Box with random crypto!

#Duo : Allohumma! Ya zal-jalali val-ikrom! Ushbu kunda ban | Tongi Zikrlar Va Duolar

#Duo :

Allohumma! Ya zal-jalali val-ikrom!

Ushbu kunda bandalaringga qanday yaxshilik nozil qilgan bo'lsang meni va ahlimni undan nasibador qilgin !

Bandalaringdan qanday yomonlikni uzoq qilgan bo'lsang, men va ahlimdan ham uni uzoq qilgin !

Menga yaxshiligi bor har qanday bandangni o‘zing yaxshilik bilan mukofotlagin!

Mendan duo so‘ragan barcha bandangni o‘zing rozi bo‘lgan ko‘rinishda so‘raganini bergin !

Men qaysi musulmon bandangga yomonlik qilgan bo'lsang meni ham uni ham mag‘firat qilgin !
Qaysiki bandang menga yomonlik qilgan bo'lsa uni ham meni ham mag‘firat qilgin !

Qaysiki bandang meni duosida eslasa, u meni eslagandan yaxshiroq sen uni eslagin !

Mazlumlar va ularning ahli oilasi ko‘nglini to‘ldir !
Sen o‘zingning solih bandalaring uchun bayram qilib bergan bu kunlarda zolimlar ulardan baxtli bo‘lmasin!

Kimda kim bu dinga yaxshilikni iroda qilayotgan bo'lsa uni barcha yaxshilikka muvaffaq qilib diningga xizmat qildir!

Kimda kim bu dinga va bandalaringga yomonlik iroda qilayotgan bo'lsa uni yordamsiz qo‘yib nayrangini o‘ziga qaytar!

Menga o‘zingni, payg‘ambaringni va diningni tanitgan, tanishim uchun bir harf o‘rgatib bo'lsa-da hissa qo‘shgan bandalaringni yaxshilik bilan mukofotlagin !

La ilaha illalloh, vahdahu la shariyka lah, lahul-mulk, va lahul-hamd, va huva ala kulli shay'in qodir !

Allohu akbar, Allohu akbar , Allohu akbar, la -ilaha illalloh, Allohu akbar, Allohu akbar, va lillahil hamd .

Rasululloh ﷺ ga salovat aytishni unutmang.
Yaqinlaringizga ulashing!

http://T.me/Tongi_Zikrlar_Va_Duolar