Get Mystery Box with random crypto!

Tolibi ilmlarga eslatma

Telegram kanalining logotibi toliblarga_nasihat — Tolibi ilmlarga eslatma T
Telegram kanalining logotibi toliblarga_nasihat — Tolibi ilmlarga eslatma
Kanal manzili: @toliblarga_nasihat
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.61K
Kanalning ta’rifi

Toliblaru ommaga nasihatlar.
Mualliflik huquqi talab qilinmaydi, rozimiz.
@Toliblarga_nasihat
@Namozdagi_xushu
@Abdulaziz_torifiy
@Sunanlar
@Ribo_ahkomi
@Isloh_sari
@Fikr_inqilobi

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-29 10:12:05 HAR BIR HAQORAT UCHUN JAVOB BERISH SHART EMAS!

Goʻzal xulqlar:

Bir kuni bir kishi ilmli va taqvoli boʻlgan kishilardan birini haqorat qildi va u zot unga javob qaytarmadi.

Odamlar soʻrashdi : „Nega javob qaytarmadingiz?“

U inson aytdiki: „Ilmni nega oʻrgandim?“

Sifat As-Safva

@toliblarga_nasihat
@toliblarga_ovozli
1.1K views07:12
Ochish/sharhlash
2022-08-28 13:57:03 #Telefonga_qaramlik

Tadabbur, tafakkur nima sababdan yo‘qolib ketdi?

@toliblarga_nasihat
@toliblarga_ovozli
1.4K views10:57
Ochish/sharhlash
2022-08-28 12:15:07 “Likulli maqolin maqomun va likulli maqomin maqolun” degan gap bor. YAʼni, har bir soʻzning (aytilish) oʻrni bor. Har bir oʻrinning (aytiladigan) oʻz soʻzi bor. Demak, har qanday soʻz istalgan joyda aytilavermaydi. Qaysi gapni qayerda aytishni bilish kerak. Shuningdek, bir joyda oʻtirganda u yerga qaysi mavzu munosibligini ham bilish zarur. Xos mavzu bor, umumiy mavzu bor. Xosroq gap ommaga aytilmaydi. Qolaversa, odamlarning aqliga qarab soʻzlanadi, majlisda kimlar hozirligiga ham qaraladi. Buni toʻgʻri baholay olmaslik bahs-munozaraga, tushunmovchilikka sabab boʻlishi mumkin.

@toliblarga_nasihat
@toliblarga_ovozli
1.1K views09:15
Ochish/sharhlash
2022-08-28 10:08:18 #Ilohiy_qoida

Inson namozni qanchalik zoye qilgani (qasddan oʻqimay yurgani, vaqtidan ataylab kechiktirgani) sari shahvatlarga (toat-ibodatdan chalgʻituvchi oʻtkinchi illatlarga) mubtalo boʻladi. Bunga dalil:

أَضَاعُوا الصَّلَاةَ وَاتَّبَعُوا الشَّهَوَاتِ

“Namozni zoye qildilar va shahvatlarga berildilar”. (“Maryam” surasi, 59-oyat).

Aksincha, namozga eʼtibor kuchaygani sayin banda shahvatlardan uzoqlashib boradi. Bunga dalil:

إِنَّ الصَّلَاةَ تَنْهَىٰ عَنِ الْفَحْشَاءِ وَالْمُنكَرِ

“Darhaqiqat, namoz buzuqlik va yomonlikdan toʻsur”. (“Ankabut” surasi, 45-oyat).

Alloma Muhammad Amin Ash-Shinqitiy aytadi: “Azonni eshitishi bilan namozini oʻqib olishga shoshilgan biron kishini koʻrsangiz, uning koʻngli ochiq, (moddiy) ahvoli yaxshi insonligiga ham guvoh boʻlasiz. Chunki kim Allohning buyrugʻini oʻz oʻrnida (kechiktirmay, ortga surmay) bajarsa, Alloh ham uning ishlarini oʻnglab-toʻgʻrilab qoʻyadi”.

@toliblarga_nasihat
@toliblarga_ovozli
1.2K views07:08
Ochish/sharhlash
2022-08-28 10:06:42
#Hoziroq_boshlang

Namoz sirlarini o'rganing

إِنَّ الصَّلَاةَ تَنْهَىٰ عَنِ الْفَحْشَاءِ وَالْمُنكَرِ

“Darhaqiqat, namoz buzuqlik va yomonlikdan toʻsur”. (“Ankabut” surasi, 45-oyat).

@toliblarga_nasihat
@toliblarga_ovozli
2.7K views07:06
Ochish/sharhlash
2022-08-26 09:51:00 Masruq rahimahulloh dedilar:

«Kishi ilmi bilan havolanib oʻziga bino qoʻyishi ilmsiz-johil deb hisoblanishiga kifoya qiladi. Allohdan qoʻrqishi esa imli deb hisoblanishiga yetarlidir».

(Ibn Abu Shayba, "Musannaf", 13/405)

@toliblarga_nasihat
@toliblarga_ovozli
1.3K views06:51
Ochish/sharhlash
2022-08-24 10:08:55 Shaqiq Ibn Ibrohim rahimahulloh dedilar:

"Odamlardan tavfiq olti narsa tufayli berkiladi:

1) Shukr qilish qolib, neʼmat bilan ovvora boʻlib qolishlari;
2) Ilmga ragʻbatlanib, amalni tark qilishlari;
3) Gunohda musobaqalashib, tavbani ortga surishlari;
4) Solihlarga hamrohligi bilan aldanib, amalda ularga ergashmasliklari;
5) Dunyo yuz oʻgirib ketayotsada, uning ortidan quvishlari;
6) Oxirat yuz tutib kelayotsada, undan yuz oʻgirishlari".


(Ibn Qayyim, "Favoid", 222)

@toliblarga_nasihat
@toliblarga_ovozli
1.8K views07:08
Ochish/sharhlash
2022-08-24 06:03:01 Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vassallam: «Oʻzi uchun behuda narsalarni tark qilishi – kishining islomi goʻzalligidandir», dedilar».

(Termiziy va Ibn Moja rivoyati).

Ibn Qoyyim rohimahulloh aytadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vassallam jamiyki taqvoni bir jumlada jamladilar yaʼni: «Oʻzi uchun behuda narsalarni tark qilishi – kishining islomi goʻzalligidandir», dedilar.

Bu hadisdan umumiy barcha behuda narsalar tushuniladi ularga: behuda gap, behuda nazar, behuda narsalarga quloq solish, behuda narsalarni ushlash, behuda yurish, behuda fikr qilish va boshqa insonning zohiriy va botiniy harakatlarini bu hadis jamlab olaveradi. Bitta shu Nabiy sollallohu alayhi vassallamning hadislari taqvoning hammasiga yetarlidir».

«Madorijus solikiyn», 2/12.

@toliblarga_nasihat
@toliblarga_ovozli
1.7K views03:03
Ochish/sharhlash
2022-08-23 19:07:23 Ibn Taymiya rohimahulloh haqida

@toliblarga_nasihat
@toliblarga_ovozli
1.6K views16:07
Ochish/sharhlash
2022-08-22 07:01:08 #Odob

Ilm olishlikdan avval odobni oʻrganmoq zarurdir, zero odobsizning ilmida yahshlik yoʻqdir.

Imom Molik rohimahulloh


Imom Al-Zuhriy rohimahulloh aytadi:

«Olimlarning huzurida hozir boʻldik va ulardan oʻrgangan odobimiz, ulardan olgan ilmimizdan koʻra bizlarga suyukliroq edi.

@toliblarga_nasihat
@toliblarga_ovozli
1.7K viewsedited  04:01
Ochish/sharhlash