Get Mystery Box with random crypto!

2023-yil 30-yanvardan boshlab uydan turib haydovchilik guvohno | Jasur TOJIBOYEV

2023-yil 30-yanvardan boshlab uydan turib haydovchilik guvohnomasini almashtirish imkoni mavjud bo‘ladi.

Xizmatni my.gov.uz orqali amalga oshirish mumkin.

Buyurtmada:
bo‘sh qatorlar o‘zingizga tegishli shaxsiy ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi;
tegishli bandlar tanlanadi;
yangi haydovchilik guvohnomasi yetkazib beriladigan manzil ko‘rsatiladi;
mobil telefon yoki kompyuter orqali shaxsiy imzo qo‘yiladi.

So‘nggi qadamda invoys shakllanadi va BHMning 70 foizi (210 000 so‘m) miqdorida hamda pochta xizmati uchun 25 000 so‘m to‘lov amalga oshiriladi.
___________________________________

@tojiboyevuz