Get Mystery Box with random crypto!

​​#AQShdaHayot  Google  ortimizdan poylayapti (mi)?  Ha, Goog | Tohir Doniyorov

​​#AQShdaHayot 
Google 
ortimizdan poylayapti (mi)? 

Ha, Google barcha foydalanuvchilarning ortidan poylaydi, gaplaringizga quloq soladi, yozib oladi hamda o'z serverlarida saqlaydi. Smartfon nafaqat siz nimalar deganingizni, ijtimoiy tarmoqlar (jumladan O'zbekistonda juda dovruqli Yuotube da nimalar ko'rganingiz), yoki qidiruv tizimida nimalarni axtarganingizni kuzatadi. Bu holatni kompaniya, sizga qulaylik yaratish maqsadida qilar emish (https://policies.google.com/terms). 

Google ta'qibi ostida bo'lmoqning xunuk asorati juda katta: 
- parolingizni birov bilib qolsa, barcha ma'lumotlaringiz badniyat kimsalar qo'liga, tushishi mumkin;
- xusumati bor odamlar/davlat idorasi - ma'lumotlarni sizga nisbatan qarshi ishlatishi mumkin;
- ma'lumotlar sizga qanaqa reklama ko'rsatish uchun yig'iladi. Pirovard natijada, Google ga kim ko'proq pul bersa, o'shaning fikru-maqsadlari, ongingizni zaharlaydi. 

Google Play Store dagi 75% ilovalar - sizdan beruxsat, qayerga borganingiz (smartfoningiz qay joyda bo'lgani), haqida ma'lumotlar yigadi.   

Yaxshiyamki, bularning barchasini o'chirishning, hamma ham bilmaydigan bir yo'li bor. Google dagi akkaunt/profilingiz yordamida quyidagi harakatlarni amalga oshirsa bo'ladi:

- bu yerda (https://history.google.com/history/audio) telefoningiz mikrofoni nimalarni yozib olgani haqida barcha ma'lumotlarni topishingiz mumkin. Mana sizga «ОК, Google»!
- mana bu joyda (https://myactivity.google.com/), Internetdagi hayotingiz borasida Google ortingizdan ayg'oqchilik qilib/poylab to'plagan barcha ma'lumotlar. 

Hech ikkilanmasdan - hammasini yo'q qiling. Shartta olingu Delete Activity tugmasini bosing! Yana bir necha fursat tinch uxlaysiz .