Maymunning qoʻlida fotoapparat bor ekan, u oʻrmonga kirib borg | BU QILINYOTGAN ISHLAR TOGRIMI?
Maymunning qoʻlida fotoapparat bor ekan, u oʻrmonga kirib borganida, hayvonlar fotoapparatni koʻrib qiziqishibdi. Sher maymunga qarab:⠀ — Bu nima, deb soʻrabdi⠀ Maymun:⠀ — Chiq-chiq, - debdi.⠀ Maymun sherga:⠀ — Tur rasmga tushuraman, - debdi⠀ Chiq-chiq qilibdi.⠀ — Narxi 1500 boʻladi. Ber, - debdi.⠀ Keyin hamma hayvonlar rasmga tushibdi. Quyon buni koʻrib doʻkonga boribdi.⠀ — Mangayam chiq-chiq bering.⠀ Sotuvchi bu miltiq boʻlsa kerak, deb quyonga beribdi. Ayiq quyondan soʻrabdi:⠀ — Bu nima?⠀ Quyon:⠀ — Chiq-chiq, dermish⠀ — Tur! Biiir-ikkiiii-uuuuch.⠀ — Chiq-chiq⠀ Gumbullagan ovoz kelibdi. Quyon ayiqni otib qoʻyibdi. Quyon oʻlgan ayiqqa qarab:⠀ — Shantaj qilma! Baribir, 1500 berasan, - deyamish