Get Mystery Box with random crypto!

Baxt, boylikda emas. Farzandlar shovqini, toʻldirsa, uyni, | BU QILINYOTGAN ISHLAR TOGRIMI?

Baxt, boylikda emas.


Farzandlar shovqini, toʻldirsa, uyni,
Shovqinlar avjidan, buzsa ham kuyni.
Zavqi ham oʻzgacha, boʻlakcha buni,
Baxting farzandlaring, boyliging emas.


Ota-onang doim, yoningda boʻlsa,
Qoʻllari sen uchun duodan toʻlsa.
Duolari sabab,yuzlaring kulsa,
Baxting ota-onang, boyliging emas.


Toʻrt muchang, sogʻ yursang boʻlsang salomat,
Ketmasa gar sendan, sira ham omad.
Shukur ila yasha, bergan alp qomat.
Baxting sogʻligingda, boylikda emas.


Osmoning musaffo,yurting tinch boʻlsa,
Oilang,bagʻringda,sogʻ-omon yursa.
Kuning xalovatda,tuning tinch oʻtsa,
Baxting tinchligingda,boylikda emas..


Feruza Abdusamatova

@TogriKu - Barchasidan Bir Chimdim