Get Mystery Box with random crypto!

​​​​​Yarmi hazil yarmi chin she'r O‘qishga ham kirib olding. | BU QILINYOTGAN ISHLAR TOGRIMI?

​​​​Yarmi hazil yarmi chin she'r

O‘qishga ham kirib olding.
Qaddingni tut talaba
Talabalik oltin davr
Davringni sur talaba.
Garchi Vatan farzandisan,
Fakultetda arzandasan.
Shunday ekan qadringni ham,
Sal bilib yur talaba.
Talabasan noming ulug‘,
Bo‘lsa hamki cho‘ntak quruq.
Dilda g‘urur, dilda surur,
Xandon erur talaba.
Dada, oyi assalom deb,
Hamyon bo‘m-bo‘sh pul tamom deb.
Ba'zan ota-onanga ham,
Xat yozib tur talaba.
Yetmay qolsa stipendiya,
G‘amga botmay ishlat miya,
Mardikorlik bozoriga,
Yo‘lingni bur talaba.
Bo‘lmoq kerak gapga usta.
Bir gap aytsa starsta.
O‘z bilgandan qolmasang ham.
Xop-xop deb tur talaba.
Tog‘lar boshi qorsiz bo‘lmas.
Talaba degan semiz bo‘lmas.
Chunki hech vaqt qorni to‘ymas.
Rost gap shudir talaba.
Jonga tegsa leksiyalar.
Boshlanganda sessiyalar.
Ahvolingga maymun yig‘lar,
Sho‘ring qurg‘ur talaba.
Zachot dardi bir balodir.
Imtihon ham bir balo,
Senga qolsa ikkovi ham,
Asli bir go‘r talaba.
O‘ynashmagin domla bilan.
U seni yengar bir hamla bilan.
Semestrni oxirida o‘zingdan ko‘r
T A L A B A.

@TogriKu - Barchasidan Bir Chimdim