Get Mystery Box with random crypto!

#tarqatamiz Odamlaru odamlar eshitmadim demanglar!!! Juda | Botir Usmonov | TKTI rektori

#tarqatamiz

Odamlaru odamlar eshitmadim demanglar!!!
Juda ajoyib xabar!!!


Toshkent kimyo-texnologiya institutimizda "Kimyo" fanidan Respublika fan olimpiadasi o'tkaziladi!!!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Oliy taʼlim muassasalarida “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlari bo‘yicha respublika fan olimpiadasi o'tkaziladi!!!

2021/2022-o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishini bitiruvchi bosqich talabalari o‘rtasida joriy yilning 20-30-iyun kunlari oralig‘ida bizning jonajon Toshkent kimyo-texnologiya institutimizda “Kimyo” fanidan olimpiadaning respublika bosqichi o‘tkaziladi!!!

“Kimyo” fanini mukammal o‘zlashtirgan bitiruvchi bosqich talabalari (ID raqamlari orqali)ni olimpiada.edu.uz elektron platformasidan ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi.

Barcha faol, bilimli talabalarimizni olimpiadada faol ishtirok etishga chaqiramiz!!!

#birinchiòrinbizdanbòlishishart