Get Mystery Box with random crypto!

#mandat 27-avgust kuni 2022/2023-o'quv yilida talabalikga qab | TKTI Yoshlar Ittifoqi

#mandat

27-avgust kuni 2022/2023-o'quv yilida talabalikga qabul qilinganlar ma'lum bo'ldi!
Kimdur grandga, kimdur to'lov shartnoma asosida o'qishga qabul qilindi.
Talaba bo'lgan barcha abituriyentlarni muborakbod etamiz!!!

Mandat javobi chiqqandan so'ng
#yangi_talabalar tomonidan ko'plab savollar kelib tushmoqda...

Ushbu savollardan ayrimlariga ma'sullardan javob olishga harakat qildik!!!

1-savol: Men TKTI ga o'qishga qabul qilindim. Qabul komissiyasiga qanday xujjatlarni, qachon olib borib topshirishim kerak?

Javob:
Kerakli xujjatlarni 5-sentabr kunidan boshlab, institut hududiga kelib, qabul komissiyasiga topshirasiz.
Kerakli hujjatlar:

Rektor nomiga ariza(institut hududida yoziladi);
Pasport nusxasi 3 ta (asli koʻrsatilgan holda;
Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (mavjud bo‘lsa) asli;
3,5x4,5 foto surat 8 ta;
Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun imtiyoz beruvchi hujjatning aslini;
Talabalikka tavsiya etilgan javoblar varaqasi.
Abituriyent ruxsatnoma varaqasi.

Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, A.Navoiy 32 bino
Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, A.Navoiy 36 bino