Get Mystery Box with random crypto!

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tanlov e’lon qiladi! Qa | TKTI Yoshlar Ittifoqi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tanlov e’lon qiladi!

Qadrli yoshlar!

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining logotipini yaratish bo‘yicha vazir buyrug‘i imzolandi.

O‘z ijodingiz va kreativ g‘oyalaringiz bilan Apple iPhone 12 Pro Max smartfoniga ega bo‘lishni qo‘ldan boy bermang!

Tanlovda texnikum, akademik litseylar o‘quvchilari va talabalar hamda 30 yoshgacha bo‘lgan tadqiqotchilarimiz ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov shartlari:
-vazirlikning faoliyati va ahamiyatini falsafiy ifoda etish;
-betakror badiiy yechim va kreativ yondashuvga ega bo‘lishi hamda undan ramz sifatida foydalanish mumkinligi;
-zamonaviy, o‘ziga xos, oson tanib olinadigan va noan’anaviy shaklga ega bo‘lishi lozim.

Tanlovga loyihalar taqdim etish tartibiga ko‘ra:
har bir ishtirokchi tanlovda faqat bitta loyiha taqdim etishi mumkin;
logotip loyihasi formati – 10 Mb gacha, ikki ko‘rinishda – PNG va JPG formatda logo@edu.uz elektron pochta manziliga yuborilishi talab etiladi.

Logotip Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida tashkil etilgan Hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Tanlovda loyihalar bir bosqichda 2021-yil 1-fevraldan 25-fevral soat 23:59gacha qabul qilinadi.

G‘olib 2021-yil 2-martda e’lon qilinadi.

Vazirlik telegram kanaliga
ulanish
https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-AsADEDumdCB6g