Get Mystery Box with random crypto!

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boshqarma boshligʻi Abdu | TKTI Yoshlar Ittifoqi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boshqarma boshligʻi Abduvali Xoliqov kredit-modul tizimi haqida ayrim maʼlumotlarni berib oʻtdi.

2020/21 oʻquv yilidan 46 ta OTMda bu tizim joriy etildi va bosqichma-bosqich kengayib boradi;

Oʻquv haftalari qisqardi. Ilgari oʻquv haftalari 38-40 hafta boʻlardi, hozir esa 36 haftaga tushirildi. Shundan 30 haftasi bevosita dars boʻladigan akadem oʻquv haftasi hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, talabalarning akadem oʻquv yili 10 oydan 7,5-8 oyga tushirildi;

Bir semestr 18 haftadan iborat boʻladi, talaba shundan 15 haftasida oʻqiydi. Qolgan 3 haftaning 1 haftasi yangi fanlar va professor-oʻqituvchilarni tanlashga bagʻishlansa, 2 haftasi avvalgi qarzlarni yopishga bagʻishlanadi. Shu 3 hafta oʻtgach, darslar boshlanadi;

Uchinchi (yozgi) semestr ham kiritildi. Bu qarzdor talabalarni qayta oʻzlashtirishiga bagʻishlangan semestr. Bunda talabalar kredit sotib olish uchun qoʻshimcha mablagʻ toʻlaydi va qarzlarini topshiradi. Taʼtil payti ishga jalb qilingani uchun, oʻqituvchilarga alohida haq toʻlanadi.

Credits: @xushnudbek