Get Mystery Box with random crypto!

Qahramonlar nomi barhayot Shu kunlarda respublikamizning barc | Sirdaryo Matbuot va media

Qahramonlar nomi barhayot

Shu kunlarda respublikamizning barcha hududlarida yurt tinchligi uchun jon fido etgan koʻplab qahramonlar xotirasi yod etilmoqda. Ular orasida Sardoba suv ombori talofatida qahramonlarcha halok bo‘lgan Serjant Suyarov Xusniddin Zokirovich hamda Suyunov Hazrat Karomatovichlar ham bor.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyat Kengashi hamda Sirdaryo viloyati Milliy Gvardiya boshqarmasi bilan hamkorlikda “Qahramonlar nomi barhayot” shiori ostida harbiy xizmatchilar hotirasiga bag‘ishlab bunyod etilgan monumentiga "Kamalak" bolalar tashkiloti sardorlar Kengashining tashrifi amalga oshirildi.

Tashrif buyurgan harbiy xizmatchilar hamda Sardorlar tomonidan ikki jasorat egalarining monumenti tozalanib, gul qo'yildi hamda qahramonlar haqida Milliy Gvardiya boshqarmasi xodimlari tomonidan ma'lumot berildi.



Bizning sahifamiz:
Telegram Instagram Grafik dizayn