Get Mystery Box with random crypto!

​​MILETLIK FALES — Eng go‘zal narsa nima? — Odam. Chunki u | Thinking Minds

​​MILETLIK FALES

— Eng go‘zal narsa nima?
— Odam. Chunki u Tangrining mahsulidir.
— Eng tez narsa nima?
— Aql. U hamma narsani ortda qoldiradi.
— Hammadan donoroq narsa-chi?
— Vaqt. Chunki yolg‘iz vaqtgina hamma narsani oydin-lashtiradi.
— Hamma uchun eng umumiy narsa nima?
— Umid. Chunki u hech vaqosi yo‘qlarda ham mavjud-dir.
— Eng kuchli narsa nima?
— Zaruriyat. Chunki u hamma narsaning ustidan huk-mronlik qiladi.
— Eng qiyin narsa nima?
— O’zni anglash.
— Eng oson narsa-chi?
— O’zgalarga maslahat berish.
— Kimni baxtli sanash mumkin?
— Jismoniy sog‘lom, ruhiy xotirjam hamda iste’dodini o‘stira olgan kishini.
— Baxtsizlikka dosh berishning oson yo‘li nima?
— G’animlarning sendan-da yomon ahvolga tushib qolganiga guvoh bo‘lish.


Haqiqat manzaralari kitobidan

@thinkingmindsuz