Get Mystery Box with random crypto!

Nega ba‘zi birlarimizda natija bo‘ladi ba‘zilarimizda bo‘lmayd | Jahongir Ruzmetov

Nega ba‘zi birlarimizda natija bo‘ladi ba‘zilarimizda bo‘lmaydi.

Biz har doim natijalarni ko‘ramiz. Biz unga olib borgan yo‘lni ko‘rmaymiz. Bizlarga yo‘l qiziq emas. Chunki yo‘lni o‘zi mehnat talab qiladi. Shuning uchun biz natiajni o‘ylaymiz. Va bo‘ldi.

Kimni hayotida siz muvaffaqiyatni ko‘rayapsizmi? Bilinki siz natijani ko‘rayapsiz. U nimadir qilganki shunday natijaga erishgan. Men odamlarda muvaffaqiyatni, natijani ko‘rsam o‘zimga aytaman men natija ko‘rayapman. U nimadir qilgan va erishgan. Manashu usul ongimni uning hayotida A nuqtadan B nuqtaga qanday qilib o‘tkazgani haqida o‘ylashimga sabab bo‘ladi.

Agar siz shu pozitsiyada o‘ylamasangiz sizning miyangizni uning natijasi bloklaydi va sizning miyangiz natijaga erishish uchun harakat qilish kerak degan rejimni o‘chirib qo‘yadi. Agar harakat qilish rejimi o‘chirilsa sizga hech narsa foyda bermay qo‘yadi. Siz treningma trening yuguraverasiz. Sizning ustiga kitob ortilgan eshshakdan farqingiz qolmaydi. Usitda qimmat kitobi bor eshshak rolini to‘xtatib o‘zingizga ustoz toping. Extiyot bo‘lingki, ustozlarning bir shapalog‘i sizning hayotingizda katta burilish yasab yuborishi mumkin. Men o‘zim hayotimda bildimki o‘zim yolg‘iz, ustozsiz juda sekinlashib qolaman. Natija borgan sari mendan uzoqlashib boraveradi. Meni qilayotgan ishim zerktiradi va tashlab qo‘yaman.

Ustozlarim bor bo‘lgani uchun, ularning bilimlarini o‘rganganim uchun natijam tezlashadi. Biznesda kim birinchi razgon olsa o‘sha ko‘proq pulga ega bo‘ladi. Poygada kimni moshinasining tezligi 100 km/soatga eng kam sekundda chiqsa o‘sha birinchi ketadi. Hayotda biznes deb nomlanadigan poygada ustozsiz tezlashish avariyaga olib kelishi yoki ko'proq pullaringizni yo‘q qilishi mumkin.