Get Mystery Box with random crypto!

Biznesingiz bor muammo bor. Biz biznesni butun boshli odamla | Jahongir Ruzmetov

Biznesingiz bor muammo bor.

Biz biznesni butun boshli odamlarning muammolarini hal qilish uchun quramiz.

Siz qanchalik mijozlaringizning muammolarini ko'p bilsangiz bozorga beradigan taklifingiz shunchakik kuchayib boradi. Anashu taklif kerakli odamlarga to'g'ri usullarda yetib borsagida pulga aylanadi.

Agar sizda mijozlar kam bo'lsa siz mijozlaringizni to'liq bilmayapsiz. Siz miyangizdagi yasab olgan suniy ramka ichidasiz. Agar mijozlar bor bo'lib sotuv bo'lmayotgan bo'lsa demak siz to'g'ri taklif eta olmayapsiz.

Biznesingizdagi har qanday muammoni sistemaga transformatsiya qilsa bo'ladi. Biznesingizni sistemaga o'tkazayotganda eng sodda usullarni ishlatmang. Chunki hodimlar sodda usullarni tez sotishadi yoki ishdan bo'shab o'zlari nusxalashadi.

Bunda ichki tizimni bir biriga qarama qarshi qilish va murakkablashtirish zo'l usuldir. Agar tizim o'rnatilishining dastlabki oylarida hodimlar har hafta bir biri bilan urishmasa demak nimadir noto'g'ri ketmoqda. Chunki sotuv bo'limi mijoz kamligi tufayli marketing bo'limiga arz qilishga haqli bo'lishi kerak. Agar mijozlar kamaysa sotuv bo'limi hodimlarining oyligiga katta tasir etadi.

Tizim bo'limlari bir biriga bog'liq bo'lishi, o'z mafaatlarini himoya qila olishi kerak.

Hullas biznes o'zi pul ishlab chiqaradigan moshina bo'lishini istasangiz tizim qurung.

Biznesingizda qanday muammolar bor?
@Jahongir_aloqa_bot
@jahonruz