Get Mystery Box with random crypto!

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Telegram kanalining logotibi thedailyuz — THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT T
Telegram kanalining logotibi thedailyuz — THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT
Kanal manzili: @thedailyuz
Toifalar: Biznes
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 8.63K
Kanalning ta’rifi

O’zbekiston va Jahon bizneslari haqidagi ma’lumotlar to’plangan Onlayn Biznes Jurnal.
Reklama & Hamkorlik: @Mr_Gulomkodirov

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-19 11:00:06
#THEFAKT

— Ko'pchilikni bir savol qiziqtiradi, Google kompaniyasi qanday qilib milliardlab dollar ishlab topadi va ularning biznes moduli qanday?

• Google Kompaniyasi biznes moduli juda katta reklama kompaniyasi ustiga qurilgan, 50 ga yaqin loyihasidan butun dunyo bo'ylab Google Ads reklama xizmatida reklama sotish va taqdim etishi orqali pul topadi!
• Bulardan mashhurlari: Google qidiruv tizimi, YouTube video hostingi, Google Translate, Google Maps va hokazo.

@TheDailyUz
4.2K views08:00
Ochish/sharhlash
2022-08-19 10:30:56
Biznes uchun pul kerakmi?

Unda Asosiy vositalar krediti bilan yangi uskunalarni sotib oling. Xom ashyoni xarid qilishga — Aylanma kapital uchun kredit bor. Xarajatlaringizni qoplaydigan kredit kerak boʻlsa, naqd pul koʻrinishda beriladigan kredit oling. Manfiy qoldiqqa kirishga imkon beradigan Kontokorrent krediti ham mavjud.

Universal kredit liniyasini bilan bir necha kreditni rasmiylashtiring.

1290
Sayt
3.6K views07:30
Ochish/sharhlash
2022-08-17 15:21:46
Dangasalikni yengish uchun maslahatlar !

1. O'zingizga mehribon bo'lmang.
• Ya'ni biroz ko'p ishlab qo'ysangiz darrov "Red Bull"larni ovolib, konditsionerlik xonaga chiqib ketmang.

2. Katta ishlarni kichik-kichik urinishlarda bajaring.
• Misol uchun idish-tovoqlar ko'p bo'lib turganda juda yuvishga og'ir bo'lib ko'rinsada, aslida ular oddiy "тарелка" va qoshiqlardan iborat. Siz biroz yuvib bir aylanib kelib, so'ng yana yuvishda davom etsangiz qanday qilib yuvib qo'ygangizni ham bilmay qolasiz. (Ayollar uchun)

3. Kun davomida eng birinchi qilinadigan ishlaringiz ro'yxatini tuzib oling.
• Bu uslub sizga biror zarurroq ishni keyin bajarsa bo'ladigan ish bilan farqini anglashni o'rgatadi.

4. Ish paytida dangasaligingiz tutib qolsa, yotib uxlang :)
• Hech narsa qilmay o'tirgandan ko'ra yotib orom olgan afzal.

5. Bekorchilik va dangasalik qilish uchun turli xil uzurlar topishni bas qiling!
• Yani o'zingiz uchun hech qanday bahona qoldirmang!

@TheDailyuz
3.8K views12:21
Ochish/sharhlash
2022-08-14 12:07:40
McDonald’s kompaniyasining asosiy daromadi ichimliklardan bo’lib, qaysi mamlakatda bo'lishidan qat'iy nazar bu yo’nalish daromad olib keladi.

P.S: Sizham biznesingizda qandaydir ko’zga ko’rinmas mahsulotingizdan foyda olish yo’lini toping! Asosiy mahsulotingizni arzonroq qiling shundagina, mijozlaringiz e’tibori sizda bo’ladi.

@TheDailyUz
4.5K views09:07
Ochish/sharhlash
2022-08-12 16:34:18
Yandex asoschisi – Arkadiy Voloj haqida

• Arkadiy Voloj Qozog'istonning cho'l qishloq tumanida, 1964-yilda tug'iladi.
• Oddiy qishloqdagi maktabni bitirb Moskvaning ( МГУ ) top universitetiga topshiradi. Ammo kira olmaydi.
• Lekin shunga qaramasdan u keyingi yil Rossiyaning "Губкин" nomli insitutiga Internet marketing sohasida o'qishga qabul qilinadi.

• Keyinchalik u eng kuchli mutaxassislardan guruh yig'ib 1997-yilda "Yandex" kompaniyasiga asos soladi.

• Hozirda "Yandex" "СНГ" (Sobiq Ittifoq) davlatlarida eng rivojlangan kompaniya hisoblanadi.

Misol uchun: "Yandex Taxi"
• Nafaqat O'zbekistonda balki butun O'rta Osiyo davlatlarida eng rivojlanayotgan onlayn taxi buyurtma xizmati.

Yandexni Osiyodagi "Google"ga haqiqiy raqobatdosh kompaniya deb aytsak bo'ladi. Sababi ayni vaqtda uning tarkibida:
1. Yandex Alisa (Sun'iy intellekt).
2. Yandex Dzen (Sun'iy intellekt).
3. Yandex Taxi.
4. Yandex Music
kabi 10 dan ortiq yuqori servis xizmatlari mavjud.

@TheDailyUz
5.2K views13:34
Ochish/sharhlash
2022-08-07 09:57:32
Oʻzbekistonda milliy messenjer va ijtimoiy tarmoqni ishlab chiqish rejalashtirilmoqda

Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati xabariga koʻra, tanlovda ishtirok etuvchi startap loyihalar tashabbuskorlaridan arizalar joriy yilning 31-iyulidan 1-oktyabriga qadar qabul qilinadi.

Startap loyihasi tashabbuskori loyiha taʼsischilaridan biri (kompaniya boʻlsa, asosiy aksiyadorlardan biri) boʻlishi kerak. Loyiha tashabbuskori (bitta ishtirokchi) bitta loyiha bilan ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda barcha yoʻnalishlar boʻyicha keng koʻlamli startap loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qaratilgan arizalar qabul qilinadi. Ular oʻzlarining innovatsiyalari va texnologiyalariga asoslangan boʻlishi kerak.

Avvalroq Oʻzbekistonda Davra.uz milliy ijtimoiy tarmogʻi ishga tushirilgan va UzChat messenjeri ishlab chiqilgan edi. Biroq ular oʻzbekistonliklar orasida mashhurlikka erishmadi.

2011-yilda Muloqot.uz ijtimoiy tarmogʻi ishga tushirilgan boʻlsa, 2018-yil iyun oyida ishlashni toʻxtatdi.

@TheDailyUz
5.6K views06:57
Ochish/sharhlash
2022-08-06 14:31:37 UzAuto Motors, Beeline, Uzbekistan Airways — qaysi kompaniyalar Oʻzbekistonda ustun mavqega ega?

Oʻzbekiston monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi mamlakatda tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan kompaniyalarning roʻyxati yangiladi.

Bozorning 50 foizini egallab, raqobatga taʼsir qilish va boshqa kompaniyalarning erkinligini cheklash qobiliyatiga ega boʻlgan kompaniya ustun mavqeni egallab turgan hisoblanadi.

2022-yil 1-iyul holatiga koʻra, Oʻzbekistonda 92 ta shunaqa kompaniya bor. Deyarli barchasida davlat ulushi bor, masalan, UzAuto Motors, Uzbekistan Airways, birjalar va boshqalar.

@TheDailyUz
5.0K views11:31
Ochish/sharhlash
2022-08-05 20:12:32
Boeing Kompaniyasi – Amerikaning xalqaro samolyotsozlik, raketasozlik, texnika, telekommunikatsiya va boshqa sohalarda yetakchi gigant kompaniyalaridan biri.

• 1916–yil, 15–iyul kuni AQSH, Seattle da Washington shtatida asos solindi.
• 2021–yil holatiga ko'ra Boeing kompaniyasida 141 000 nafar ishchi ishlaydi.
• Ishlab chiqaruvchi mahsulotlari:
1. Harbiy, reaktiv hamda passajir samoloyotlar.
2. Samoloyot va vertolyot ehtiyot qismlari.
3. Raketasozlikka kerak bo'luvchi had qanday qismlar va boshqalar...

Boeing kompaniyasi William Boeing ismli inson tomonidan asos solingan va kompaniya nomi ham aynan asoschisi sharafiga qo'yilgan.

Boeing kompaniyasi AQSH ning eng yirik va daromadli kompaniyalaridan biridir. Hozirda uning boyligi: $152.346 milliardga teng.

Boeing Dunyodagi eng yirik samolyot ishlab chiqarish bo'yicha 2–o'rinda turadi.

P.s. Ammo shu kompaniya o'tgan yili eng ko'p zarar ko'rgan kompaniyalar ro'yxatida eng birinchi o'rinlarni band qilgan edi.

@TheDailyuz
4.7K views17:12
Ochish/sharhlash
2022-08-04 20:26:53
AQSHda 30.7 million kichik bizneslar bor.

Ular kamida 10 kishilik odamlardan tashkil topgan bo'ladi. Qanchalik kichik biznes bo'lmasin u AQSH iqtisodiyotiga katta ta'sir ko'rsatadi. Misol uchun: SBA statistikasiga ko'ra 2000 - yildan 2013 - yilgacha kichik bizneslar AQSH iqtisodiyotining 20% oborotiga hissa qo'shgan.

@TheDailyuz
4.3K views17:26
Ochish/sharhlash
2022-08-03 11:19:29
Hech qachon taslim bo'lmang. Faqatgina qatiyat va tinimsiz mehnat orqali muvaffaqiyatga erishish mumkin!
Jek Ma

@TheDailyUz
4.7K views08:19
Ochish/sharhlash