Get Mystery Box with random crypto!

Telegram Help UZ

Telegram kanalining logotibi tghelp_uz — Telegram Help UZ T
Telegram kanalining logotibi tghelp_uz — Telegram Help UZ
Kanal manzili: @tghelp_uz
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8.83K
Kanalning ta’rifi

Bu yerda Telegram va Plus Messenger bo'yicha eng ko'p uchraydigan savollarga javoblar berilgan.
Plus Rasmiy kanal: @plusmsgr_uz

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-05-10 20:03:25
Telegram Premium / Pullik obuna

Telegramda messenjerning kelgusi yangilanishlarida eksklyuziv funksiyalarga ega pullik kontentlarni chiqishi kutulmoqda.

Avvalroq Pavel Durov kelajakda kengaytirilgan funksionallikka ega stikerlar paydo bo‘lishi haqida gapirgan edi. Balki bunday stikerlar Telegram’dagi birinchi pullik kontent bo‘lar.

Hozirgacha malum bo'lishicha pullik Telegramga obuna bo'lganlar rasmdagi maxsus belgiga, to'liq ekranli stiker, qo'shimcha reaksiyalar va bir qancha telegram cheklovlari qiymatini 2 barovar oshishiga ega bo'lishadi. Pullik obuna qiymati esa hali aniq emas.

@tghelp_uz
40.7K viewsFayziyev Farrux, 17:03
Ochish/sharhlash
2022-04-09 21:26:46 "Telegram ocholmayapman?!"

Juda ko'pchilik Telegram yoki boshqa norasmiy messenjerlarda akkaunt ochish bilan bog'liq muammolar yuzaga kelayotganidan shikoyat qilishmoqda.

Aniqroq qilib aytganda, muammo – foydalanuvchi Telegram ochmoqchi bo'lganida, raqamiga "akkauntiga kirishni tasdiqlovchi 5 xonali kod" yetib kelmayotganida.


Buning sabablari esa quyidagicha:

Hozirda Telegram akkauntlarga kirish uchun sms-kodlarni yubormay qo'yganligi sababli, endi sms kelishini kutish befoyda. Buning o'rniga Telegram sizga qo'ng'iroq qilishi va qo'ng'iroqni siz kutib turishingiz, profilga avtomatik kirishingiz kerak.

Lekin ba'zida Plus Messenjeridan foydalanganingizda, Telegram sizga kodni aytish uchun qo'ng'iroq qilolmasligi mumkin.


Yechim:

Bunday holatda, akkauntga kirishni Telegram-ning rasmiy ilovasida amalga oshirish talab qilinadi.

1. Rasmiy ilovani o'rnating.
2. Raqamingiz bilan ro'yxatdan o'ting.
3. Rasmiy ilovaga ochilgan akkauntni Plus'ga o'tkazing.

Siz akkauntga ulanish usullari haqida bilmoqchi bo'lsangiz
https://t.me/tghelp_uz/257

Izoh!
Agar Rasmiy ilovadan foydalanganingizda ham Kod yetib kelmasa, Demak bu Plus Messenjerining emas Telegramning xatosi. Bu vaziyatda siz, Telegram qo'llab-quvvatlash markazi bilan bog'lanishingiz kerak: tg://settings/tgsupport



@tghelp_uz
109.5K viewsAbbosbek Tursunboev, edited  18:26
Ochish/sharhlash
2022-03-22 19:00:17
Javob berish oqimidan birma-bir qaytish

Plusda javoblar/sahifa oqimidan pastga tugmasi bosilganda xabarlar toʻplamiga birma-bir qaytish qoʻshildi.

Yani barcha javob suhbatlaridan o'tilgach pastga tugmasi bosilganida har bir suhbatga qaytish imkonini beradi. Oldin faqat oxirgi bosilgan javob suhbatiga va 2-marotaba chat oxiriga tushib qolar edi.

Opsiyani yoqish uchun: Plus sozlamalari>Xabarlar>Chatda xabarlar to'plamiga qaytishni yoqish

@tghelp_uz
33.6K viewsFayziyev Farrux, edited  16:00
Ochish/sharhlash
2022-03-19 19:11:23
Yarim shaffof interfeys

Telegram va Plus Messenger 8.6 versiyalarida yarim shaffof interfeys opsiyasi paydo bo'ldi.

Plusda shaffoflikni yoqish yoki o'chirish imkoniyati mavjud.(p2.61)

Unutmang ushbu shaffoflik faqat tungi rejimda paydo bo'ladi.

#shaffof #interfeys
@tghelp_uz
30.1K viewsFayziyev Farrux, 16:11
Ochish/sharhlash
2022-03-14 18:24:20 Bir necha kun oldin Plusning 8.6.0.0 versiyasida ko'plab xatoliklar kuzatildi.

Bugun Plus ishlab chiqaruvchisi yangi xatolarsiz versiyani chiqardi. Hozirchalik buni App Center orqali yuklab oling.

Tahminlarimizga ko'ra, Plusning Play market 8.6.0 versiyasidagi xatoliklar App Center versiyasida deyarli kuzatilmagan.

App Center versiyasi - Play market versiyasiga nisbatan yaxshiroq. Yangilanishlar sekin chiqishi, xatoliklar, media saqlashdagi muammolar, mualliflik huquqi kabi taqiqlarning yoqligi bilan AppCenter versiyasi ancha qulay.

@tghelp_uz
27.2K viewsFayziyev Farrux, edited  15:24
Ochish/sharhlash
2022-03-01 19:11:01 Plus Messengerdagi muammolar

Nega Plus yangilanganida xatoliklar sodir bo'ladi?
Shuni aytib o'tamizki, Plus yangilangandagi muammolarni Plus yangilanishiga mutlaqo daxli yoq. Telegram serverida malumotlar hajmi ortganligi sababli yaqinda 32bitdan 64bit IDlarga o'tgan edi va bu ilova yangilanganida biroz vaqt optimallashinuviga sababchi bo'ladi. Shu sababli Plusda ham yangilangan vaqtda muammolar sodir bo'ladi. Ilovangizda qancha malumotlar(chatlar,guruhlar,kanallar) ko'p bo'lsa shunchalik optimallashtirish vaqti ortadi.

Nega Plus juda ko'p yangilanadi?
Agar siz Plus beta-sinov versiyasidan foydalanayotgan bo'lsangiz yangilanishlar soni ko'p bo'lishi tabiiy holat. Barqaror versiyaga o'tish uchun Play market orqali beta-sinov a'zoligidan chiqing yoki AppCenter orqali barqaror versiya yuklang.
Plusda barqaror versiyalar ham Telegramga nisbatan ko'proq yangilanishi mumkin va buning sababi Plusda yagona dasturchi mavjud va xatoliklarni aniqlab olishda unga yordam beruvchilar soni esa juda kam.

Nega Plus juda sekin ishlaydi?
Plus norasmiy ilova bo'lganligi uchun Telegramga nisbatan sekin ishlashi mumkin. Nafaqat Plus barcha norasmiy ilovalar rasmiy ilovalarga nisbatan sekin ishlaydi hatto bazida qotib qolishi mumkin. Norasmiy ilovalar rasmiy Telegramga nisbatan funksionalligi va dizaynni jihatidan farq qiladi, shuning uchun ham ishlashi biroz sekin bo'ladi.

Plusni qanday ishlashini yaxshilash mumkin?
Birinchi navbatda qurilmadagi internet tezligini tekshiring. Imkon qadar ko'proq kesh xotira va mahalliy malumotlar bazalarini tozalang. Qurilmada qanchalik bo'sh joy borligiga emas, Plus qancha hajmni band qilganligiga e'tibor qarating. Keraksiz guruhlar, chatlardan chiqing va qurilmani qayta o'chirib yoqing.
Agar bular ham ish bermasa Telegramning aloqa sifati yaxshiligiga etibor bering.

@tghelp_uz
19.6K viewsFayziyev Farrux, 16:11
Ochish/sharhlash
2022-02-27 15:21:13
Telegram aloqasida muammolar

Agar sizda shunday muammo bo'lsa rasm, video va bazida xabarlar ham ochilmasligi mumkin. Shuning uchun proksi serverlardan foydalanishni tavsiya etamiz.

Aloqa sifatini tekshirish: https://downdetector.ru/ne-rabotaet/telegram/

Tahrirlandi: Hozirda aloqa sifati yaxshilangan.

@tghelp_uz
20.5K viewsFayziyev Farrux, edited  12:21
Ochish/sharhlash
2022-02-25 19:27:52
Plusning keyingi yangilanishida "Faol Yuklamalar"

Endilikda biror media faqat yuklanayotgan vaqtda yon menyu ekranida Yuklamalar uchun ham menyu paydo bo'ladi, yani yuklanayotgan medialar qatorini ko'rishingiz mumkin bo'ladi.

Bundan tashqari, media yuklab olishlarni rejalashtirish imkoniyatini ham beradi, istalgan media faqat o'zingiz istagan vaqtda xotiraga avtomatik yuklanadi. Faol bo'lmagan lekin kutilayotgan yuklamalarni Faol Yuklamalar menyusida ko'rishingiz mumkin bo'ladi.

#FaolYuklama
@tghelp_uz
26.2K viewsFayziyev Farrux, 16:27
Ochish/sharhlash
2022-02-13 12:16:01
Plusning keyingi yangilanishida

Bio/tavsif yoki malumotlarni to'liq ko'rinishi va "Bevosita ulashish" tugmasi o'rnida tezkor harakatlar

Agar etibor bergan bo'lsangiz barcha xabarlarning o'ng chetida joylashgan "Bevosita ulashish" amalini bajaruvchi tugmani juda yaxshi bilamiz. Endilikda tugma amalini o'zgartira olishimiz mumkin.

Buning o'rnida oldingi Tezkor harakatlardagi barcha amallarni qo'llashimiz mumkin bo'ladi.

Buni hozirda qo'llab ko'rmoqchilar uchun Plusning App Centerdagi versiyasida tekshirib ko'rishingiz mumkin.

@tghelp_uz
27.3K viewsFayziyev Farrux, edited  09:16
Ochish/sharhlash
2022-02-02 20:28:20
Animatsion stikerlarni endi videolar orqali yarating

Telegram va Plus 8.5 versiyalarida videolardan stikerlar yaratish imkoni paydo bo'ldi.

Videoning asosiy shartlari:
- VP9 kodek bilan kodlangan.
- Webm formatda bo'lishi zarur.
- 3 soniyagacha bo'lgan muddatda.
- 256 kb hajmdan oshmasligi kerak.

Buning uchun maxsus Adobe Premiere, Davinci Resolve va Apple Final Cut Pro kompyuter dasturlaridan foydalanish mumkin.

Mobil qurilma orqali esa videoni kerakli formatda yaratuvchi maxsus bot sizga yordam bera oladi. Animatsion Stiker yaratish esa @Stickers botida /newvideo buyrug'i orqali davom etadi.

#animatsion #stiker
@tghelp_uz
19.9K viewsFayziyev Farrux, edited  17:28
Ochish/sharhlash