Get Mystery Box with random crypto!

The Great Getsby

Telegram kanalining logotibi tggetsby — The Great Getsby T
Telegram kanalining logotibi tggetsby — The Great Getsby
Kanal manzili: @tggetsby
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-09-04 03:46:55
Qaysi shaharga ketsa boʻladi yolgʻiz bosh bilan?
Qaysi qoʻshiq eshitiladi, agar sen men bilan eshitmasang?
Kim bilan qahva ichiladi?
Eng zarif izhorlar kim uchun yoziladi?
Qaysi xayol qilinar tuhfa?
Qaysi kitob oʻqilar, agar sen varaqlamasang?
Kulgularing ovozi qanday tushuntirilar?
Va kim uchun kulaman ayt agar sen eshitmasang?
Qaysi alifboda isming uchun yetarli tarif bor?
Qaysi film koʻrilar, agar sen koʻrmasang?
Sening "maʼsumligin" qaysi sheʼrga oʻxshaydi?

Yana kim alday oladi xuddi sen kabi?
Bilmayman...!?
2 views00:46
Ochish/sharhlash
2022-09-02 23:30:14
***

Yoʻq!
Gʻolib boʻlolmaymiz, mumkin emas,
gʻolib boʻlolmasligimizga amin boʻldim.
Bir on uchun gʻolib boʻldik deb oʻylagandik.
Ammo bor yoʻgʻi bir on uchun,
endi bilaman, gʻolib boʻlolmaymiz,
harakatsiz oʻtirsak ham gʻolib boʻlolmaymiz, yugursak ham,
toʻgʻri amallar qilsak ham gʻolib boʻlolmaymiz.
Xato qilsak ham baribir
boshqa birov gʻalaba qozonadi...
Shuning uchun,
boshqa biri u yerda.
Ikkimiz esa bu yerdamiz(birgamiz)...


Bukovskiy
4 views20:30
Ochish/sharhlash
2022-09-02 20:20:05 "Севги - бир одамнинг ўзини икки марта севишдир.
Биринчиси, уни тасаввур қилиб.
Иккинчиси, асл ҳақиқатини билиб".
5 views17:20
Ochish/sharhlash
2022-09-02 00:13:01
5 views21:13
Ochish/sharhlash
2022-08-30 22:24:25
***
Bizni allaqachon unutdi taqdir,
Endi hordiq olgin. Tinim ber gʻamga.
Oʻrtada xech narsa qolmadi axir,
Sen endi hech kimim. Hech kimim, angla.

Derazaga boqqin, bir boqsang boʻldi!
Koʻrasan - quyosh yoʻq, kunduz oʻtdi - tun.
Bu yoʻlda qancha jon, qancha dil oʻldi-
Men senga hech kimman, hech kimman, tushun.

Xoling chizay desam, yetmadi tasvir.
Darding koʻtarolmay sheʼr sindi, qara..
Azizim, ne qilay? Qaytsinmi taqdir?
Qaytsinmi? Qaytsinmi azoblar yana?

Voh! Koʻzni chirt yumib qismatni ichdim.
Mast-alast turibman sheʼr ichra tikka.
Yolgʻizim! Hech kimim! Aziz hech kimim!
Men seni sevaman taqdirsizlikda.

Usmon Azim
2 views19:24
Ochish/sharhlash
2022-08-27 01:33:09 - Уни қандай севиб қолдинг?
- Муаммоларимни кўриб қўрқиб кетмади.

@MubashshirAhmad
13 views22:33
Ochish/sharhlash
2022-08-23 22:56:58 "Mr. Robot"
28 viewsedited  19:56
Ochish/sharhlash
2022-08-23 22:46:31
Bir tanada aql va taʼsirchan qalb birga ishlashi fojiali(ekan).
Munosabatlarda "tajribasizlik" qilib ikkovini birga ishlatib koʻrdik.
Balki senga, balki menga qimmatga tushdi bu "fojia".
Endi ikkovini orasidagi bogʻliqlikni oʻsha bilan chopib tashlayman)
Yutgan tarafimiz,endi bundan buyogʻiga ehtiyotkorroq boʻlamiz.
Lekin ayb menda deb oʻylayman,sababi oʻsha paytlar na aqlim,na koʻnglim oʻzimda edi.
Hammasini sen olgan eding...
(Значит ты виноват )

"Qolganini baliqlar aytsin..." degandi bir paytlar Rauf Parfi)
27 viewsedited  19:46
Ochish/sharhlash
2022-08-23 00:19:28 Odamlar asta-sekin ishonmaslikni, sevmaslikni, umid qilish foydasizligini, surunkali insonlarga shubha koʻzi bilan qarashni oʻrganar ekanlar. Bularni barchasi sodir boʻlganda, bunday inson oʻzini "tajribali" deb hisoblar ekan.

Qalbi bilan aloqani butkul uzgan odamni "tajribali" deyishar ekan.
24 views21:19
Ochish/sharhlash