Get Mystery Box with random crypto!

Tezkor Yangiliklar 24 | Rasmiy Axborot

Telegram kanalining logotibi tezlive — Tezkor Yangiliklar 24 | Rasmiy Axborot T
Telegram kanalining logotibi tezlive — Tezkor Yangiliklar 24 | Rasmiy Axborot
Kanal manzili: @tezlive
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 64.28K
Kanalning ta’rifi

⚡️Oʻzbekiston va Jahonda yuz berayotgan eng soʻngi Yangiliklarni tezkorlikda yoritib boramiz!
📍Biz bilan bogʻlanish – @QDUZB

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 14

2022-11-12 14:36:08
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani TTZ hududidagi "Navro‘z" dehqon bozoridagi "Aloqabank"ning Humo kartasi bankomatiga karta solinganidan so‘ng, ushbu bankning avtokredit reklamasi qoʻyilmoqda.

Mijozlar kutib qolishmoqda va norozi bo‘lishayapti.

@TEZLIVE
192 views11:36
Ochish/sharhlash
2022-11-12 14:13:06
O‘zbekiston boks terma jamoasi a’zosi Hasanboy Do‘smatov Osiyo chempionatida qozog‘istonlik Saken Bibosinovni mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

@TEZLIVE
194 views11:13
Ochish/sharhlash
2022-11-12 14:07:06
Mana ta’limimizni ahvoli

Dars boshlangan, lekin o‘qituvchi yo‘q, o‘quvchilar sinf xonani molxonaga aylantirib tashlashdi


Holat Uchtepa tumanidagi 44-maktabda bo‘lgani aytilmoqda.

Ota-onalar o‘qituvchilarning dars o‘tishmayotganidan norozi.

Rasmiy munosobat kutib qolamiz

@TEZLIVE
198 views11:07
Ochish/sharhlash
2022-11-12 13:40:17
Ijtimoiy tarmoqlar va Telegram’da O‘zbekiston Prezidentining rasmiy veb-sayti ko‘rinishidan foydalanib «Bir martalik 900 000 so‘mlik moddiy yordam olishingiz mumkun» mazmunidagi yolg‘on xabarlar tarqatilayotgani aytilmoqda

@TEZLIVE
205 views10:40
Ochish/sharhlash
2022-11-12 13:27:31
O‘zbekistonning tog‘li hududlariga 13-noyabr kuni qor yog‘adi

“O‘zgidromet” 13-noyabr, yakshanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

@TEZLIVE
213 views10:27
Ochish/sharhlash
2022-11-11 12:01:44
E-AUKSION 70 mingga yaqin yer uchastkalarini sotib oling

Dehqon xo'jaligi uchun yer
Tadbirkorlik uchun yer
Yoshlar sanoat zonalaridagi yer
Kichik sanoat zonalaridagi yer
Qishloq xo'jaligi uchun yer
Erkin iqtisodiy zonalardagi yer
Ko'p qavatli turar joy uchun yer
Uy-joy qurish uchun yer
Yangi O'zbekiston massivlari uchun yer
Ekoturizm uchun yer

@onlineauksionuz
3 views09:01
Ochish/sharhlash
2022-11-11 10:55:44
Oʻzbekistonliklar bayram munosabati bilan dam oladiganlar kunlar yana bittaga koʻpaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan 11-noyabr “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni”, umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan boʻldi. Bu degani 11-noyabr taqvimda dam olish kuni sifatida kiritiladi.

@TEZLIVE
70 views07:55
Ochish/sharhlash
2022-11-11 10:30:20
Shavkat Mirziyoyev Turkiya yetakchisi Rejep Tayyip Erdoʻgʻan hamda Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovni “Turkiy dunyoning oliy ordeni” bilan mukofotladi.

Qayd etish kerakki, ushbu mukofot 2019-yildan beri sammit ishtirokchilariga topshirib kelinadi. Bokuda oʻtkazilgan sammitda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevga ushbu ordenni topshirgan edi.

2021-yilda esa Turkiya prezidenti Ozarboyjon yetakchisini ayni shu orden bilan mukofotlagan.

@TEZLIVE
80 views07:30
Ochish/sharhlash
2022-11-11 10:01:39
Italiyada 2 ming yil tuproq ostida saqlangan 24 ta bronza haykallar topildi

Toskanadagi San-Kashano-dei-Banyi shaharchasida 40 daraja issiqlikdagi 42 ta qadimiy buloq bor. Arxeologlar ana shu buloqlarning ostidagi loy qatlamidan yaxshi saqlangan qadimiy haykalchalarni topishgan.

@TEZLIVE
84 views07:01
Ochish/sharhlash
2022-11-11 09:40:44
Aholi noroziligiga qaramasdan, kvartal ichida qurilish qilmoqchi boʻlgan quruvchilarni toʻxtatib qolgan IIO xodimi taqdirlandi

“Koʻtarma” mahallasida faoliyat olib boruvchi Chilonzor tumani IIO FMB 1-son boʻlimi profilaktika katta inspektori kapitan Azimjon Qudabayev vaziyatga toʻgʻri baho bergan holda jarayonni oʻz vaqtida toʻxtatib qoldi.

Mahalla nozirining bu harakatlari tuman hokimligi, aholi hamda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining eʼtirofiga sazovor boʻldi.

Shu sababli bugun Chilonzor tumani hokimi S.Xolxoʻjayev va sektor rahbarlari tomonidan ushbu xodimning oʻz kasbiga sadoqatli mehnati uchun minnatdorchilik bildirildi va munosib taqdirlandi, deyiladi Chilonzor hokimligi xabarida.

@TEZLIVE
87 views06:40
Ochish/sharhlash