Get Mystery Box with random crypto!

“Bir kilogramm pul” aksiyasining navbatdagi besh nafar g‘olibi | TEZKOR XABARLAR

“Bir kilogramm pul” aksiyasining navbatdagi besh nafar g‘olibi 10 may kuni Zo‘r TV telekanalidagi “Boriga baraka” ko‘rsatuvida ma’lum bo‘ldi.

Uch o’yinchi har biri 2 million so‘mdan iborat qoplarni taxmin qilishdi, bitta omadli o‘yinchi kartasiga 20 million oladi, Bunyod ismli beshinchi finalchi esa bugungi kunda eng yirik yutuqqa ega bo’ldi - naqd 50 million so’m! Shu bilan birga, 94 million so‘m miqdoridagi bosh sovrin bu gal ham tanlanmagan holda qoldi.

Agar siz Kapitalbank Visa to’lov kartasi egasi bo’lsangiz, sizda 30 iyungacha tom ma’noda bir kilogramm pul yutib olish uchun ajoyib imkoniyat bor. O’yinda ishtirok etish uchun 200 ming so‘m yoki 20 dollardan boshlab xarid qilish va xarid uchun Kapitalbank Visa kartasidan foydalanish kifoya.

Aksiya shartlari va o’yin natijalari bilan @visa_kapitalbank va @kapitalbank.uz rasmiy Instagram-sahifalari, shuningdek http://kilovisa.kapitalbank.uz saytida tanishingiz mumkin.

Qo’shimcha ma’lumot uchun 1340 raqamiga qo’ng’iroq qiling.