Get Mystery Box with random crypto!

[ Album ] Stolli velosiped. Acer 2023 yilda o‘zining yangi eK | Texnoplov | Техноплов

[ Album ]
Stolli velosiped.

Acer 2023 yilda o‘zining yangi eKinekt nomli stolli velosipedini sotuvga chiqarmoqchi. Bu texnikaning asosiy maqsadi ofisda ishlovchilar sog‘lom bo‘lishidir. Bir vaqtning o‘zida ishlab va mashg‘ulot qilib kaloriya yo‘qotishingiz mumkin.

Yana bitta ajoyib afzalligi ham bor, buni nomidan ham bilishingiz mumkin. Velosiped siz bergan kinetik energiyani elektr energiyaga aylantirib beradi, siz bu energiyani kompyuter yoki telefoningizni quvvatlash uchun ishlata olasiz. Velosipedda sport va ishlash rejimlari mavjud. Bu velosipedning narxi $999 boshlanishi kutilmoqda.

Siz sotib olgan bo‘larmidingiz?