Get Mystery Box with random crypto!

Tesla, SpaceX va Neuralink asoschisi Ilon Mask Twitter ijtimoi | TEXNOCHOY

Tesla, SpaceX va Neuralink asoschisi Ilon Mask Twitter ijtimoiy-axborot tarmog'ini sotib olishdan bosh tortdi

Ilon Maskning advokati Mayk Ringler AQSh Qimmatli qog'ozlar va birjalar komissiyasiga maktub yo'llab, unda milliarder Twitter'ni 44 milliard dollarga sotib olishdan bosh tortayotgani haqida ma'lum qildi. Shu fonda ijtimoiy tarmoq aksiyalari taxminan 6% ga kamaydi

Maktubda Ringler "Twitter shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlarini bajara olmadi" deb ta'kidlagan. Shunday qilib, Twitter Maskga u so'ragan biznes ma'lumotlarini taqdim etmadi, garchi bu shartnomada ko'rsatilgan bo'lsa ham

Twitter tarmoqda soxta sahifalar va spam hisoblar jami 5% ni tashkil etishini ta'kidlagan ammo Mask bunda ko'proq, tahminan 20% borligiga ishonmoqda

@texnochoy - texno yangiliklardan xabardor bo'ling!