Get Mystery Box with random crypto!

“YOSH KITOBXON' Joriy yilning 30-yanvar kuni O'zbekiston R | TerDU Pedagogika instituti Yoshlar Ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti

“YOSH KITOBXON"
Joriy yilning 30-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan har yili tashkil etilib kelinayotgan “Yosh kitobxon" Respublika ko'rik tanlovining 20-30 yosh toifasi bo'yicha Surxandaryo viloyati Termiz shahar bosqichi bo'lib o'tdi.
Unda viloyatdagi barcha oliy ta'lim muassasalaridan yig'ilgan yosh kitobxonlar 2 ta shart ,,Badiiy asarlar bilimdoni" hamda ,,Tezkor savol-javob" shartlari asosida bellashishdi.
Yakuniy hisobga ko'ra Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali Yoshlar Ittifoqi boshlang’ich tashkiloti faol talabalaridan Pegogogika fakulteti 4-bosqich talabasi Shotemirov Sanjar 1-o'rinni hamda Pedagogika Psixologiya yo'nalishi talabasi Choriyev Sirojiddin faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritishdi.
Talabalarimizning ishlariga omad va rivojlar tilab qolamiz.

Yoshlar Ittifoqi
boshlang'ich tashkiloti yetakchisi Sh.Tursunov