Get Mystery Box with random crypto!

O’ZBEK VA SHARQ XALQ OHANGLARI Termiz davlat universiteti Mi | TerDU rasmiy kanali

O’ZBEK VA SHARQ XALQ OHANGLARI

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san’at fakultetida “Musiqa ta'limi” kafedrasi o‘qituvchisi Orifjon Hakimovning “O’ZBEK VA SHARQ XALQ OHANGLARI” nomli sinf konserti bo'lib o'tdi.

Unda fakultet dekani, kafedra mudiri, professor-o’qituvchilar, tyutorlar, mehmonlar va talabalar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida "Tantana", "Sharob", "Kurd", "Buxoro go'zallari", "Nasri segoh", "Baxchakurd", "Ufori bayot", "Yurtim jamoli", "Men va oqqush", "Mavrigi", "Xayoli qiz", "Mangu harakat", "Bog'da yor kezganda", "Naqsh", "Sharqona ohanglar" nomli kuylar ijro etildi.

Konsert maroqli o'tdi va yig‘ilganlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.

Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt