Get Mystery Box with random crypto!

'Technoways' texnologik rivojlanish marafoniga start berildi | TerDU rasmiy kanali

"Technoways" texnologik rivojlanish marafoniga start berildi

Talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ilmiy, innovatsion va startap loyihalarini rivojlantirish va ragʻbatlantirish maqsadida Termiz davlat universitetida "Technoways" texnologik rivojlanish marafoniga start berildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat IT Park startap menejeri D.Mahmudov, rezidentlar bilan ishlash boʻyicha mutaxassis A.Toʻxtayev, iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi boshligʻi A.Abdurahmonov, Biznes inkubatsiya va akseleratsiya rahbari F.Tursunniyozov eshtirok etishdi.

Tadbirda marafon oʻtkazish tartiblari, muddat va shartlari toʻgʻrisida ishtirokchilarga batafsil maʼlumot berildi.

Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt