Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi Termiz davl | TerDU rasmiy kanali

Talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi

Termiz davlat universitetida talabalarning 2022-yilgi ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bag‘ishlangan an’anaviy 49-ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. IIkki kun davom etgan konferensiyaning kafedralar qoshida tashkil etilgan 30 dan ortiq sho‘balarida universitetning 1500 nafar magistr va bakalavr bosqichi talabalari o‘z ma’ruzalari bilan qatnashib, fan sohasining dolzarb muammolari, vazifalari va istiqbollari haqida o‘rtoqlashdilar.

Konferensiyada har bir sho‘ba bo‘yicha 1-, 2-va 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan talabalarga universitetning esdalik sovg‘alari topshiriladi. Yoshlarning ilmiy ishlarini to‘plam holatida nashr etish rejalashtirilgan.

O‘tkazilgan ushbu ilmiy-amaliy anjuman ilm yo‘liga endigina qadam qo‘ygan izlanuvchi talaba-yoshlar hayotida muhim maktab vazifasini o‘tadi.

Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt